«Joriy yilning 1 aprel holatiga köra, davlat qarzi 18,2 mlrd AQŞ dollarini taşkil qildi. Şundan davlat taşqi qarzi 16,1 mlrd dollar, davlat içki qarzi 2,1 mlrd dollar ekvivalentini taşkil qildi. Bu butun dunyoda mö'tadil hisoblanadi.  

Hozirgi kunda, ya'ni birinçi çorak böyiça davlat qarzining YaIMga nisbati 31,4 foizni taşkil qiladi. 1 yanvardan beri davlat qarzi 600 million AQŞ dollariga oşganini körsatyapti.

Davlat taşqi qarzi portfelini kreditorlar kesimida körsatadigan bölsak, asosiy kreditor Osiyo taraqqiyot banki (3,9 mlrd dollar), Xitoy Eksimbanki va davlat taraqqiyot banki (3,6 mlrd dollar), Jahon banki (2,7 mlrd dollar), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi banki (2,7 mlrd dollar), Suveren xalqaro obligatsiyalar (1 mlrd dollar), Islom taraqqiyot banki (0,8 mlrd dollar, boşqa xalqaro moliyaviy taşkilotlar (2,1 mlrd dollar). Ya'ni davlat taşqi qarzi bizda yetarliça diversifikatsiyalangan. Qarzni bitta mamlakatdan yoki bitta manbadan jalb qilmayapmiz», - deya Odilbek Isoqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U içki qimmatli qoğozlar bozorini rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan işlar haqida gapirdi.

«Davlat içki qimmatli qoğozlar bozorini rivojlantiriş maqsadida muntazam obligatsiyalar çiqarib turibmiz. Şu paytgaça qoldiq 1,7 trln sömni taşkil qildi va bu 1 yildan 3 yilgaça bölgan muddatda çiqarilgan», - dedi Isoqov.

Uning ma'lumot berişiça, bu yil pandemiya munosabati bilan köproq obligatsiyalar çiqarib içki bozordan ham mablağ jalb qilindi. 3,4 trln söm atrofida obligatsiyalar çiqarildi.

Vazir örinbosari qarz portfeli uzoq muddatli ekanini ta'kidladi.

«Davlat qarzi böyiça asosiy körsatkiçlarda davlat qarzining örtaça söndiriş davri 9,3 yilni taşkil qiladi. Bu davlat qarzining uzoq muddatli ekanligini bildiradi. Çunki biz davlat qarzini köproq xalqaro moliya institutlaridan jalb qilganmiz. Ayrim muddatlar 30 yilgaça, imtiyozli davrlar 10 yilgaça muddatlarga jalb qilingan. Davlat taşqi qarzi böyiça örtaça foiz stavkasi 2,4 foizni taşkil qiladi.

Qarz portfelimiz uzoq muddatli. Masalan, 10 yildan uzoq muddatli portfel 37 foizni taşkil qiladi, 6 va 10 yilliklari 33 foizni taşkil qiladi. Jami davlat qarzining 70 foizi 6 yil va undan uzoq muddatlarga olingan”, - dedi Odilbek Isoqov.