YouTube'dagi «BBC Uzbek» kanalida sirdaryolik Saida Rahmatova toşqin uyiga jiddiy zarar yetkazgani, ammo mahalliy mas'ullar «sening uying yaroqli», deya uni yordamga muhtojlar röyxatiga qöşmayotgani haqida xabar tarqaldi. «Töğri, 1-sovxoz, Uçtomdagidek uyimiz qulab ketmagan, lekin molxona, devorlar qulab ketgan, pollarimiz çökib ketgan», degan unda Saida Rahmatova.
Rahmatovaning sözlariga köra, uyiga jiddiy zarar yetmagan ayrim «çöntagi baquvvat» qöşnilariga yordam puli ajratilgan. «Sening uying qulamagan, deydi. Mana, yonimizdagi fermer ikka-uçtalab maşinasi bor odam olgan. Ikki metr devori qulagan. Körib ketişlaring mumkin», deydi Rahmatova. U Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari uyini kelib körib, oilaning yordamga muhtoj ekanligini e'tirof etib ketgan bölsa ham, mahalliy hokimlik bunday fikrlarni inobatga olmayotganini aytgan.

Şu örinda prezidentimiz boşçiligida amalga oşirilayotgan oqilona siyosat natijasida, suv toşqini talofatlari zudlik bilan bartaraf etilgani, talafot körgan har bir xonadonga ğamxörlik körsatilayotganligi, qisqa fursatlarda aholini uy-joy bilan ta'minlaş işlari olib borilayotganligini dunyo hamjamiyati ham e'tirof etayotganligini ta'kidlaş joiz.
Sirdaryo viloyati Sardoba suv ombori toşqinida talofat körgan Oqoltin tumani «Ahillik» mahalla fuqarolar yiğinidagi mavjud uy-joylarni suv toşqinidan keyingi holatini xatlovdan ötkaziş böyiça tuman Kengaşining 8/32-06 sonli qarori asosida Oqoltin tuman hokimi örinbosari O.Abdullayev rahbarligidagi tuman Kengaşi deputatlari, moliya, kadastr va bandlikka kömaklaşiş markazi mutaxassislaridan iborat işçi guruh tuzildi.
Ular tomonidan «Mirzaçöl» köçasidagi 14ta xonadon, «Tutzor» köçasidagi 3ta xonadon, «Birlaşgan» köçasidagi 13ta xonadon, «Tiklaniş» köçasidagi 4ta xonadon, «Birlik» köçasidagi 3ta xonadon, «Xaloskor» köçasidagi 1ta xonadon qayta xatlovdan ötkazilib örganilganda, uşbu xonadonlarga toşqin natijasida xonadonlarning tomorqasiga suv kirgan bölsa-da, zarar körmaganligi, şunga qaramay 40 million sömlik sertifikat talab qilayotgani aniqlandi. Işçi guruh hamda mutaxassislar xulosasiga köra, uşbu xonadonlar talofat körmagan deb topilgan.
Jamolova Şahnoza xonadoni. Uşbu xonadon işçi guruhi tomonidan örganilganda, xonadon egasi Jamolova Şaxnoza suv toşqinidan 15 kun ötib, ya'ni joriy yilning 16 may kuni qurilişi bitmagan xonadonga 40 million sömlik sertifikat undiriş maqsadida kelib joylaşadi, bundan maqsad quriliş işlarini yakuniga yetkazib olib, özining moddiy manfaatini közlagan.


















