Kambağallikni qisqartirişda monopoliya tösiği, YeOII atrofidagi tanqidlar - Obid Hakimov bilan suhbat
|03:05 / 16.06.202015 5629 min
Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazgan edi.
Unda davlat rahbari Xitoy tajribasidan kelib çiqib, davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3 yil muddatga kambağallik darajasi yuqori qişloqlarga mehnat faoliyati uçun yönaltiriş böyiça taklif bilan çiqdi.
Kun.uz muxbiri ayni mavzuda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov bilan intervyu uyuştirdi.
– Kambağallikka qarşi kuraşning bir neça yöllari bor. Bir yönaliş aholiga iş örinlari yaratib, ularning moddiy ta'minotini yölga qöyiş bölsa, ikkinçi yönaliş aholining xarid qobiliyatini oşiriş hisoblanadi. Xarid qobiliyatini oşiriş bozorlardagi iste'mol tovarlarning narxini tuşiriş orqali amalga oşiriladi. Lekin bizda monopoliya degan illat borki, bu aholining xarid qobiliyatini oşirişda jiddiy tösiq bölib keladi. «Özavtosanoat», milliy aviakompaniya, temir yöl, neft-gaz sohasi...
Tabiiyki, aholi bu kabi xizmatlardan foydalanişi qiyin, çunki bozorning yakka egasi narxni istaganiça belgilaydi. Nima deb öylaysiz, agar davlat çindan kambağallikka qarşi kuraşişning samarali yölidan borişni istasa, birinçi navbatda monopoliyaga qarşi keskin kuraşgani, bozordagi öşa «nahanglar»dan qutulib olgani ma'qulroq emasmi?
– Kambağallikka qarşi kuraş kompleks jarayon. Bu faqat iş bilan ta'minlaş yoki xarid qobiliyatini oşiriş bilan bölib qolmaydi. Fikringiz bir tarafdan töğri ham. Narxlar darajasini aytadigan bölsak, monopolistik bozorlarda erkin raqobat bozorlariga qaraganda narxlar baland böladi. Özbekistonda bu böyiça iş qilinmayapti, deyiş ham notöğri. 3 mingga yaqin davlat uluşi bor korxonalar bölsa, postpandemiya iqtisodiy rivojlanişning asosiy yönalişlaridan biri davlat uluşi bölgan katta taşkilotlarning islohotlari hisoblanadi. Bu islohotlar böyiça bizda aniq çora-tadbirlar belgilab olingan. Bu çoralar böyiça işlar amalga oşiriladi.
Kuni keça Özbekistondagi tölov qobiliyati haqida hisobotni köradigan bölsak, hozir davlat uluşi bor korxonalarda olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatli bölsa, bu Özbekistonning tölov qobiliyatiga yaxşi ta'sir qiladi. Bu borada ham işlar ketyapti. 2021 yilda davlat uluşi bölgan taşkilotlarni isloh qiliş, xususiylaştiriş, ularning samaradorligini, raqobatbardoşligini oşiriş nazarda tutiladi. Raqobatbardoşlikning oşişi – öz-özidan tannarxning pasayişidir.
Mavzuga oid
Bu birinçi örindagi masala emas. Bu muhim masala, lekin kambağallikni pasaytirişdagi birinçi masala bu emas.
– Kambağallikka qarşi kuraşda inson kapitalini oşiriş kerak, degan fikrni aytdingiz. Lekin hozir oyoğimizga tuşov bölib turgan muammoni birinçi hal qilib olişimiz kerak emasmi?
– Bu ham öz yölida ketaveradi. Lekin bitta avlodni tarbiyalaş uçun yillar ketadi, deb buni qilmaydigan bölsak, butun avlodlarni yöqotib qöyişimiz mumkin.
Kambağallikka qarşi kuraşda hamma yönalişlar olingan – monopoliya böyiça ham harakatlar amalga oşirilyapti. Inflatsiya böyiça 2020 yildan boşlab inflyatsion targetlaş rejimiga ötdik. Oxirgi 3 yilda inflatsiya darajasi pasayib kelyapti. 2023 yilgaça maqsadimiz 5 foizli inflatsiya darajasiga tuşiş.
Hozirça amalga oşirilayotgan iqtisodiy siyosat avvalida belgilangan, buni birdaniga tuşirib bölmaydi. 20 foizga çiqqan inflatsiyani bir yilda 5 foizga tuşiriş umuman imkonsiz. Çunki mamlakatda katta islohotlar, investitsion loyihalar amalga oşirilyapti. Buni birdaniga tuşirişning iloji yöq, şuning uçun 2023 yilgaça sekinlik bilan 3 foizga tuşişi kerak. Şunda stabil makroiqtisodiy muhit yaraladi.
– 19 may kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar rahbarlari videokonferensiya orqali muloqot ötkazdi. Unda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning YeOII böyiça e'tirozlari ham eşitildi. Töqayevdan taşqari, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ham YeOII böyiça bir neça marta tanqidiy fikrlar bildirgan. Ayting-çi, bu tanqidlar Özbekiston davlat rahbarining fikrlariga qançalik ta'sir ötkazadi?
– Bular davlat rahbariga qançalik ta'sir qilayotganini ayta olmayman. Ammo iqtisodçi sifatida öz fikrimni aytişim mumkin.
Bu yönalişda juda köp tahlillarga asoslanilgan, hisob-kitob qilingan. Davlat rahbari tomonidan qabul qilinayotgan har bir qarorda bular tahlillar asosida körsatilyapti. Qaror qaçon aniq, foydali qaror böladi – qançalik köp fikrlar inbatga olgan, qançalik köp tahlillarga asoslangan bölsa, demak, informatsion assimetriya bölmaydi, qarorlar maksimal darajada foyda beradi.
Bunday yiğilişlar mobaynida bu singari konstruktiv dialoglar har doim böladi. Köpgina hollarda konstruktiv dialoglar yopiq eşiklar ortida kelişiladi va keyingina umumiy ommaga ma'lum qilinadi. Bu safargi kelişuv töğridan töğri onlayn şaklda böldi, bu safar ham konstruktiv dialoglar böldi. Bunga salbiy qaraş kerak emas.
Odamlar Rossiyaning bu yerda 90 foiz hissasi bor, u aytgan narsa böladi, deyapti. Yöq, Qozoğiston qabul qilinayotgan hujjatlar böyiça özining fikrini aytdi. Barça a'zo davlatlar tomonidan mana şu e'tirozlar qaytadan körib çiqilib, hujjat yana qayta kiradi, degan qaror qabul qilindi. Taşkilotda birgina Rossiyaning fikri amal qilyapti, degan munosabatning notöğriligiga buni isbot sifatida aytişim mumkin.
Belarus bilan boğliq holat uzoq davrlardan beri bölib kelyapti. Buning ham öz iqtisodiy asoslari bor. YeOIIga qöşiliş böyiça Kun.uz’ga bergan intervyumda buni batafsil tuşuntirganman. Bir ittifoqqa kirdingizmi, manfaat bormi, demak, şu ittifoqda turasiz. Agar sizda manfaat bölmasa, bu ittifoqdan çiqib ketasiz.
– Nega bu ittifoqqa Xitoy Xalq Respublikasi jalb qilinmaydi? Agar Xitoy ittifoqqa jalb qilinadigan bölsa, uning iqtisodiyligiga, siyosiy emasligiga işonç paydo bölardi, menimça.
– Ittifoqqa jalb qilinayotgan mamlakatlar iqtisodiy ösiş yoki institutsional tarafdan bir-biriga yaqin bölişi kerak. Iqtisodiy ittifoqlar tuzişda asosiy narsa işlab çiqariş zanjirlarini bir-biriga ulaş orqali mamlakat yuqoriroq iqtisodiy natijaga ega böladigan holat bölişi kerak. Şuning uçun iqtisodiy ittifoq bölgandan keyin unga hamma mamlakat ham kelib qöşilavermaydi. Unga töğri keladigan va kelmaydigan mamlakatlar böladi.
Ittifoqqa Xitoy qöşilsa, qançalik töğri böladi? YeOIIning Xitoy bilan erkin savdo böyiça kelişuvi bor. Iqtisodiy ittifoqqa foyda keladigan bölsa, qöşilasiz. Foyda kelmasa, qöşilmaysiz. Özingizga foyda keltirmasa, noratsional qaror qabul qilmaysiz-ku.
Iqtisodiy ittifoq deganda iqtisodiy, moliyaviy resurslar, işçi kuçi bemalol aylanadigan hudud haqida gap ketadi. 1 mlrd 250 mln aholisi bilan Xitoyni ham bu ittifoqqa qöşadigan bölsak, hozirgi holatda töğri keladimi?
Hamma narsaning tagida çuqur iqtisodiy tahlillar bölişi kerak. Ularning effektlari hisoblab çiqiladi.
– Moliya vazirligidan olingan oxirgi ma'lumotga köra, hozirda Özbekistonning taşqi qarzi (2019 yil yakuniga köra) 23 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Bu körsatkiç esa oxirgi bir yilda keskin oşgan. Töğri, yirik iqtisodiyotga ega davlatlarda taşqi qarzlar unçalik ham xavotirli hisoblanmasligi mumkin. Lekin kiçik iqtisodiyotga ega Özbekiston uçun taşqi qarzning sezilarli oşib ketişi tagida nima yotibdi va bu qançalik töğri?
– Yirik davlat qarz olsa, heç narsa qilmaydi, degan fikr notöğri. Çunki qarz – mamlakatning ösişiga ikki xil ta'sir qiladi. Birinçi fazasida qarz köpaygan sari mamlakatning iqtisodiy ösişi tezlaşadi. Bu pozitiv effekt böladi. Ma'lum darajaga yetgandan keyin qarz oşib ketadigan bölsa, bu qarzga xizmat körsatiş qimmatlaşib boradi, qarz berişda foizlar ham baland böladi. Foizlar ma'lum darajaga yetgandan keyin, qarz qimmatlaşib boradi. Keyin uning iqtisodiy ösişga ta'siri salbiy böladi.
Birinçi fazada pozitiv, ikkinçi fazada negativ effekt böladi. Buning har bir mamlakat uçun öz maksimumi böladi. Maksimumdan ötib ketsangiz, iqtisodiyotingizga negativ ta'sir körsatadi, şu maksimumga yetmay qolsangiz, pozitiv ta'sir qilaveradi.
Özbekistonda umumiy (taşqi) qarzlar (YaIMga nisbatan) 50-55 foiz atrofida böladigan bölsa, bu iqtisodiy ösişga salbiy ta'sir qilmaydi. Davlat kafolatida bölgan qarzlarda (YaIMga nisbatan) 35 foiz deyiladi. Undan oşmasa, iqtisodiy ösişga yoki tölov qobiliyatiga salbiy ta'sir qilmaydi.
Şu hisob-kitoblar asosida Özbekistonda ham taşqi qarz böyiça siyosat şakllantirilgan. Birinçi marta qonun bilan Özbekistonda 2020 yilda olinadigan taşqi qarz summasi 4 mlrd dollar (oşmasligi) belgilangan. Bu optimal nuqtalardan kelib çiqqan holda belgilangan. Şu optimal nuqtalarni mustahkam uşlab turar ekanmiz, taşqi qarz iqtisodiy ösişimizga salbiy ta'sir körsatmaydi.