«2020 yil 17 iyun soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5561 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 62 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida (şundan 4 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
16 iyun kuni jami 230ta yangi holat aniqlandi, 77 bemorga javob berildi, hozirgaça jami 4096 kişi koronavirusdan tuzalgan.
Ayni vaqtda şifoxonalarda 1446 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 13 nafari oğir ahvolda.
Eslatib ötamiz, Surxondaryo viloyati 20 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ammo 14 iyun kuni viloyat hududida yana yangi holatlar aniqlana boşladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolovning ma'lum qilişiça, Muzrabot tumanida ötkazilgan töyda belgilangan karantin qoidalariga amal qilinmagani natijasida 250dan ortiq fuqaro karantinga olingan.
16 iyundan Termiz şahriga kirib-çiqiş töxtatilgan va bir qator yumşatişlar bekor qilingan.
Viloyat hokimi epidemik vaziyat murakkab bölgan Termiz, Denov, Muzrabot, Şörçi, Qumqörğon va Boysun tumanlarida karantin talablari qat'iylaştirilişini ma'lum qildi.












