Videoselektorda Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida oilaviy ajrimlar va jinoyatçilik bilan boğliq holatlar tahlil qilindi.

«Qaşqadaryo viloyatida umumiy jinoyatçilik holati joriy yilda ötgan yilning şu davriga nisbatan 46,1 foizga oşgan bölib, bunda voyaga yetmaganlar, yoşlar, xotin-qizlar, işsiz fuqarolar, ilgari sudlanganlarning uluşi sezilarli darajada köpaygan.

Viloyatda yil boşidan şu vaqtga qadar 583ta oilaviy ajrim qayd etildi. Açinarlisi, mazkur ajralişlar natijasida 459 nafardan ortiq voyaga yetmagan bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bölib qolmoqda», dedi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari Botir Parpiyev.

Qayd etilişiça, Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida işsiz fuqarolar bilan işlaşda sustkaşlikka yöl qöyilmoqda.

«Pandemiya şaroitida aholining ehtiyojmand qatlami, xususan, kam ta'minlangan oilalarda yaşovçi mehnatga layoqatli, işsiz fuqarolarni işga joylaştiriş va kambağallikdan çiqariş borasida Bulunğur, Jomboy va Payariq tumanlarida sustkaşliklar kuzatilmoqda.

Şuningdek, Samarqand viloyatida oilaviy ajrimlar sabablari örganilganda, ularning 21tasi xiyonat, 69tasi migratsiya tufayli, 35tasi uzoq muddat davomida birga yaşamaslik, 23tasi içkilik va giyohvandlik, 42tasi oilaga uçinçi şaxsning aralaşuvi, 454tasi turli kelişmovçiliklar natijasida yuzaga kelgani aniqlangan», dedi Botir Parpiyev.