Öz nomi oşkor bölişini istamagan fuqarolarning e'tiroz qilişlariça, asrlar oşa ota-bobolari iste'mol qilib kelgan suv 2 yildan buyon aholiga pullanmoqda. Sihatgoh oldiga çiqarilgan quvurlardan suvlar qadoqlangan idişlarga quyib berilmoqda — heç qanday yorliqlarsiz. Holbuki, 2017 yilgaça bu suvni qişloqliklar va bu yerga kelgan mehmonlar tekinga, bemalol taşib içişgan.

Sayt muxbirlari masalani joyiga borib örgandi. Soğlomlaştiriş majmuasi karantinga olingani uçun uning hududiga kirib bölmadi.

«Omonxona» sihatgohi direktori örinbosari Abror Jabborov bilan aloqaga çiqqanimizda u hukumatning 2014 yil oktabr oyidagi farmoyişiga köra, «Omonxona» sihatgohi «Özbekiston temir yöllari» AJ ixtiyoriga berilganini aytib ötdi.

Mazkur farmoyişdan söng sihatgoh atrofi öralgan. Xususan, suv çiqadigan buloq muhofaza zonasi yaratilgan. Şifobaxş suv sifati nazoratga olingan. 2017 yilda undan quvur tortilib, suv sihatgoh darvozasi oldigaça çiqarilgan. Çunki, sihatgohga davolaniş uçun keluvçi doimiy 200-300 atrofidagi bemorlar ham şu suvdan iste'mol qilişadi.

Farmoyiş ijrosi ta'minlanişi asnosida 2015 yilda şifobaxş suvning sarfi hisobi yuritilib, uning har bir litriga 56 söm narx belgilangan. Bugungi kunda qayta hisoblaş natijasida uning bir litri barçaga 200 sömdan sotilmoqda.

Sihatgohda şifobaxş suv realizatsiyasiga mas'ullaridan biri — «Omonxona» sihatgohi kassiri Şarif Jalolovning aytişiça, şu buloqdan suv qadoqlaş fabrikasiga ham uzatiladi. Fabrikada gazlangan va gazlanmagan holda, 1,5 litrlik plastik idişlarga quyiladi. Aynan öşa sanoat usulida qadoqlanadigan suvlarga örnatilgan tartibda yorliqlar yopiştiriladi. Oddiy fuqarolar esa darvoza oldidagi quvurlardan çiqayotgan suvni özlari uçun xarid qilişadi.

Omonxona qişloği böysunadigan «Inkabod» mahalla fuqarolari yiğini raisi Ahmad Qurbonov bilan boğlandik.