«Rejaga muvofiq, bir kunda bitta mahallada bitta xonadon ta'mirlab borilsa, respublika böyiça bir kunda 9145ta xonadon ta'mirlanişi kerak edi. Ammo 10 iyundan 16 iyunga qadar 13984ta xonadon ta'mirlangan, xolos.
Bu raqamlar Toşkent şahrida 38ta, Qaşqadaryo viloyatida 72ta, Sirdaryoda 141ta, Surxondaryoda 360ta, Jizzaxda 411tani taşkil etadi.
Ta'mirlangan, deb ma'lumot berilgan ba'zi xonadonlar ta'mirlanmagan bölib çiqmoqda», dedi u Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining videoselektor yiğilişida.
Yiğilişda qayd etilişiça, mahallalarda olib borilgan örganişlar davomida 3484 nafar işsiz fuqaro aniqlangan bölib, ulardan 353 nafari işga joylaştirilgan, 50 nafariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit olib berişda, 259 nafariga özini-özi band qilişga kömaklaşilgan, 37 nafar fuqaroga subsidiyalar ajratilgan.

















