«Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “Özbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillaştiriş va ommalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–5924-sonli Farmoniga muvofiq olimpiya va paralimpiya sport turlari böyiça Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va ParaOsiyo öyinlari, jahon, Osiyo va respublika çempionatlarida oxirgi uç yilda ğolib va sovrindor bölgan, ya'ni 1-3 örinlarni egallagan sportçi-öquvçilar tibbiyot yönalişidan taşqari istalgan oliy ta'lim muassasasiga imtiyozli öqişga qabul qilinişi belgilangan.
Kuraş böyiça Özbekiston çempionati sovrindorlariga nima uçun imtiyoz berilmayotgani böyiça vazirligimizga köplab murojaatlar bölmoqda. Kuraş sport turi garçi Osiyo öyinlari dasturiga kiritilgan bölsa-da, hali Olimpiya öyinlari dasturiga kirmagan. Kuraşdan taşqari u-şu, pençak-silat, muay-tay va yana bir qator sport turlari ham Osiyo öyinlari dasturidan joy olgan, biroq ular ham Olimpiya öyinlari dasturida yöq. Ota-onalar va yurtdoşlarimizga ma'lum qilamizki, prezident farmoniga muvofiq imtiyoz faqatgina Olimpiya va Paralimpiya dasturidan örin olgan sport turlariga berilgan», deya Otabek Eşmamatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















