Qayd etilişiça, 2020 yid 12 iyunda qabul qilingan “2020/2021 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisida”gi prezident qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari körsatib berilgan. Qolaversa, qaror bilan sport faoliyati böyiça bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça öqiş muddati uç yil etib belgilangan.

«2020–2021-öquv yilida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qiliş böyiça belgilangan parametrlariga köra, bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça 1 125 nafar talaba öqişga qabul qilinadi. Şundan grant asosida ta'lim oluvçilar uçun 320 ta, şartnoma asosida ta'lim oluvçilarga 805 ta örin ajratilgan.

Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga esa joriy yil 175 nafar talaba öqişga qabul qilinadi. Bundan taşqari, 2020/2021 öquv yilida universitetga sirtqi ta'lim yönalişida şartnoma asosida 600 nafar talaba qabul qilinişi belgilangan.

Şuningdek, magistratura ta'lim yönalişi böyiça grant asosida 18 nafar, şartnoma asosida 88 nafar, jami 106 nafar talaba oliygohga qabul qilinişi rejalaştirilgan», deya Otabek Eşmamatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2020–2021-öquv yilida bir qator yangi ta'lim yönalişlari taşkil etilmoqda. Endilikda universitetda şaxmat, regbi, karate VKF, toğ çanğisi va stol tennisi sport faoliyatlari böyiça ham mutaxassislar tayyorlanadi.

«2020–2021-öquv yili qabuli böyiça Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga hujjat topşirayotgan abituriyentlar uçun imtihon topşirişda öziga xos yengilliklar yaratilgan. Ma'lumki, şu paytgaça abituriyentlar maxsus texnik tayyorgarlik, umumiy jismoniy tayyorgarlik va suziş yönalişlari böyiça kasbiy (ijodiy) imtihon topşirib kelişar edi.

Uşbu öquv yili uçun esa maxsus texnik tayyorgarlik va umumiy jismoniy tayyorgarlik yönalişlarida abituriyentlarning imkoniyatlari sinovdan ötkaziladi va ularda umumiy hisobda 189 ball yiğiş imkoni mavjud.

Şuni ham qöşimça qiliş kerak, abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topşiriş uçun öquv muassasasiga faqat bir marta kelib ketadi va bir nafar abituriyentning imtihon topşirişi uçun maksimal bir soat vaqt talab etiladi.

Abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgaça qabul qilinadi. Jumladan, ular Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda, ya'ni Davlat xizmatlari markazlari orqali, şuningdek, barça hududlarda: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining