Karantin tufayli muddati tugagan yoki tugaydigan murabbiylik litsenziyalarining amal qilish muddati 31 dekabrgacha uzaytirilgan – Vazirlik
Karantin tufayli muddati tugagan yoki tugaydigan murabbiylik litsenziyalarining amal qilish muddati 2020 yilning 31 dekabrigacha uzaytirilgan. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Eshmamatov 18 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.
«O‘zbekistondagi epedimiologik vaziyat va karantin chora-tadbirlari, bu jarayonda fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda joriy yilda muddati tugagan yoki endi tugashi kutilayotgan murabbiylik litsenziyalarining muddati avtomat ravishda shu yilning oxirigacha uzaytirilgan. Bunda litsenziya muddatini uzaytirish yoki uni yangilash uchun qayergadir murojaat etish talab etilmaydi.
Qo‘shimcha tarzda shuni ma'lum qilishim mumkinki, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi buyrug‘iga asosan markaz va uning filiallarida 2020 yilning yanvar-iyun oylarida jami 5071 nafar, shundan 697 nafari shartnoma asosida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar malaka oshirish kurslariga qabul qilinishi belgilangan.
Pandemiya sharoitida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallarida masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida elektron ta'lim platformasi yaratildi. Mazkur platforma yordamida Markazda 2020 yil may oyida masofadan o‘qitish shakllari orqali shartnoma asosida 118 nafar trenerlarning malakasi oshirildi», deya Otabek Eshmamatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2020 yil aprel, may va iyun oylariga rejalashtirilgan malaka oshirish kurslari iyun, iyul va avgust oylariga ko‘chirilib, masofaviy ta'lim usullari orqali tashkil etilishiga ruxsat berilgan. Shu munosabat bilan, 2020 yil iyun oyida 1351 nafar, jumladan 205 nafari shartnoma asosida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning masofaviy malaka oshirish kurslariga qabul qilingan.
Masofaviy malaka oshirish platformasiga markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan 620 ga yaqin o‘quv uslubiy adabiyotlar joylashtirilgan. Masofaviy malaka oshirish kurslari ta'lim jarayoni platformaga joylashtirilgan modullar bo‘yicha elektron resurslar, ya'ni ma'ruzalar, taqdimotlar, testlar, videomateriallar hamda masofadan onlayn darslar Zoom dasturi orqali tashkil etib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Xushlanmagan Temu: O‘zbekiston uni bloklashga qaror qildi
O‘zbekiston | 19:20 / 05.03.2025
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston | 10:52 / 05.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev va Vashington Saudiya Arabistonida muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 18:21
-
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi
Jahon | 18:20
-
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12
-
“Bir qo‘lda ishlashimni ko‘rib hayron qolishadi” – Toshkentni ko‘rmagan oqbo‘yralik dehqon ona hikoyasi
Jamiyat | 17:57
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda

22:24 / 07.11.2022