«Respublika maxsus komissiyasining 29 maydagi qaroriga asosan, 1 iyundan «yaşil» hududlarda sport seksiyalari, tögaraklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ham ruxsat berildi. Biroq bu barça sport inşootlari endilikda bemalol eşigini oçib, faoliyatini davom ettirişi mumkin, deganimas.

Jumladan, sun'iy qoplamali futbol maydonlarida sport maşğulotlarini olib boriş uçun avvalo hududdagi sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazi, mahalliy hokimiyat hamda içki işlar bölimi bilan kelişişi, maşğulotlar ötadigan maydonni töliq dezinfeksiya qilib çiqişi, maydonga kirişda dezinfeksion “töşaklar” taşkil qilişi, sportçilarning tana haroratini ölçaş uçun pirometr bölişi, agar u bölmaganda haroratni ölçaş uçun termometr, qolaversa antiseptik vositalar bilan ta'minlangan bölişi lozim. Uşbu talablar bajarilmagan taqdirda bunday maydonlarda maşğulot ötkaziş taqiqlanadi», deya Otabek Eşmamatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qöşimça qilişiça, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi tomonidan tasdiqlangan vaqtinçalik sanitariya qoida va me'yorlariga muvofiq, 10 iyundan boşlab hududlarda individual şuğullaniş uçun trenajyor zallari, basseynlar, sport seksiyalari, tögaraklari, sport zallari va fitnes klublar, şuningdek, Respublika oliy sport mahorati maktablari, sport turlari böyiça Respublika ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-ösmirlar sport maktablari, ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktablari, bolalar-ösmirlar sport maktablari, ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, olimpiya va milliy sport turlari böyiça davlat ixtisoslaştirilgan maktab-internatlari hamda futbol mahorat maktablari faoliyatiga ruxsat berilgan.

«Bunda, sport muassasasi rahbarlari hamda şifokorlari sport turlari böyiça maşğulotlar va öquv-maşğulot yiğinlarining sanitariya qoida va me'yorlari asosida taşkil etilişini nazorat qiladi. Şuningdek, sport muassasalari dezinfektor qurilmalar bilan jihozlangan bölişi, izolyator xonasi tibbiy yordam vositalari, kuşetka, stol-stul bilan ta'minlanişi, binolarga kiriş-çiqiş joylarida dezinfeksion «töşak»lar, antiseptik hamda dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlanişi lozim.

Vazirlikning hududiy boşqarmalari hamda tuman bölimlari rahbarlari karantin davrida sport maşğulotlari va öquv-maşğulot yiğinlarini hududlarda ötkaziş böyiça mahalliy hokimliklar, hududiy soğliqni saqlaş va içki işlar bölimlari bilan kelişişi, mahallalarga biriktirilgan trenerlar tomonidan reja asosida ijtimoiy masofa saqlangan holda aholi iştirokida badantarbiya maşğulotlarini ötkazişi, sport tadbirlari va badantarbiya maşğulotlari davomida mahalliy aholining bir joyda töplanişining oldini olişi, sport tadbirlari va badantarbiya maşğulotlarining faol iştirokçilari hamda ğolib va sovrindorlarini rağbatlantirib borişi zarur.