Karantin tufayli muddati tugagan yoki tugaydigan murabbiylik litsenziyalarining amal qiliş muddati 2020 yilning 31 dekabrigaça uzaytirilgan. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Eşmamatov 18 iyun kuni bölib ötgan brifingda ma'lum qildi.

https://ok.ru/videoembed/1542762662591

«Özbekistondagi epedimiologik vaziyat va karantin çora-tadbirlari, bu jarayonda fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda joriy yilda muddati tugagan yoki endi tugaşi kutilayotgan murabbiylik litsenziyalarining muddati avtomat ravişda şu yilning oxirigaça uzaytirilgan. Bunda litsenziya muddatini uzaytiriş yoki uni yangilaş uçun qayergadir murojaat etiş talab etilmaydi.

Qöşimça tarzda şuni ma'lum qilişim mumkinki, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi buyruğiga asosan markaz va uning filiallarida 2020 yilning yanvar-iyun oylarida jami 5071 nafar, şundan 697 nafari şartnoma asosida jismoniy tarbiya va sport böyiça mutaxassislar malaka oşiriş kurslariga qabul qilinişi belgilangan.

Pandemiya şaroitida Jismoniy tarbiya va sport böyiça mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazi va uning filiallarida masofaviy malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş maqsadida elektron ta'lim platformasi yaratildi. Mazkur platforma yordamida Markazda 2020 yil may oyida masofadan öqitiş şakllari orqali şartnoma asosida 118 nafar trenerlarning malakasi oşirildi», deya Otabek Eşmamatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qöşimça qilişiça, 2020 yil aprel, may va iyun oylariga rejalaştirilgan malaka oşiriş kurslari iyun, iyul va avgust oylariga köçirilib, masofaviy ta'lim usullari orqali taşkil etilişiga ruxsat berilgan. Şu munosabat bilan, 2020 yil iyun oyida 1351 nafar, jumladan 205 nafari şartnoma asosida jismoniy tarbiya va sport böyiça mutaxassislarning masofaviy malaka oşiriş kurslariga qabul qilingan.

Masofaviy malaka oşiriş platformasiga markaz professor-öqituvçilari tomonidan 620 ga yaqin öquv uslubiy adabiyotlar joylaştirilgan. Masofaviy malaka oşiriş kurslari ta'lim jarayoni platformaga joylaştirilgan modullar böyiça elektron resurslar, ya'ni ma'ruzalar, taqdimotlar, testlar, videomateriallar hamda masofadan onlayn darslar Zoom dasturi orqali taşkil etib kelinmoqda.