Özbekiston Respublikasi taşqi qarzining umumiy hajmi 2020 yil boşidan 2,8 foizga yoki 692 mln. dollarga oşgan holda, 2020 yil 1 aprel holatiga 25,1 mlrd. dollarni taşkil qildi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytilgan.
Qayd etilişiça, 2020 yilning I çoragida davlat taşqi qarzi ösiş tendensiyasini saqlab qoldi. Uşbu jarayon COVID-19 virusi yoyilişi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning sotsial-iqtisodiy ta'sirini yumşatiş uçun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça davlat dasturlarini moliyalaştiriş uçun yangi qarzlarning jalb qilinişi bilan izohlanişi mumkin.

2020 yilning I çoragi mobaynida davlat sektori qarzdorligining ösişi 385 mln. dollarni taşkil qildi. Şuningdek, global pandemiya fonida Özbekistonning suveren obligatsiyalari qiymati fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayişi natijasida kamaydi.

Banklar va iqtisodiyotning boşqa sektor korxonalari tomonidan qarz oliş hajmining oşişi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 307 mln. dollarga oşdi.
2020 yilning I çoragida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 566 mln. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qiliş asosan banklar – 451 mln. dollar, tekstil va töqimaçilik sektori korxonalari – 36 mln. dollar va iqtisodiyotning boşqa sektorlari – 74 mln. dollar tomonidan amalga oşirildi.
«Iqtisodiy ösiş körsatkiçlari yuqori bölsa, bemalol taşqaridan qarz oliş mumkin» – Jamşid Qöçqorov
«Rejalar özgarib ketdi» – Timur Işmetov taşqi qarz dinamikasi faollaşganiga izoh berdi












