Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RPL. «Sochi» yosh tarkib bilan maydonga tushgan «Rostov»ni ayab o‘tirmadi – 10:1
Rossiya Premer-ligasi 23-turi doirasida «Sochi»ga qarshi bahsda yosh futbolchilardan iborat tarkibni tushirishga majbur bo‘lgan «Rostov» klubi safarda o‘ta yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
«Rostov» futbolchilari koronavirus tufayli ikki haftalik karantinga chiqarilgani bois ushbu bahs aslida qoldirilishi haqida e'lon qilingan bo‘lsa-da, mezbon jamoa bunga rozi bo‘lmadi. Natijada mehmonlar Sochiga 17 yoshli futbolchilardan iborat jamoani yuborishdi.
E'tiborlisi, o‘yinda hisobni aynan maktab bolalari ochishdi. 17 yoshli Romanov ajoyib zarbasi bilan ilk daqiqadayoq «Rostov»ni kutilmaganda hisobda oldinga chiqardi – 0:1.
Ammo 15-daqiqada Kokorin dastlab muvozanatni tiklagan bo‘lsa, taym yakunida mezbonlarni hisobda oldinga chiqardi – 2:1.
Ushbu goldan keyin sochilik futbolchilarni to‘xtatib bo‘lmadi. Kokorin het-trik qayd etgan bo‘lsa, Zabalotniy va Poloz dubl nishonladi.
Yakunda «Sochi» chempionat tarixidagi eng yirik g‘alabasiga, «Rostov» esa eng yirik mag‘lubiyatga uchradi – 10:1.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin Eldor Shomurodov jamoasi 38 ochko bilan 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Sochi» esa 27 ochko bilan 9-o‘ringa chiqib oldi.
Rossiya Premer-ligasi. 23-tur
Sochi – Rostov 10:1
Gollar: 0:1 – 1 Romanov, 1:1 – 6, avtogol Abramov, 2:1 – 15 Kokorin, 3:1 – 44 Kokorin, 4:1 – 45 Zabolotniy, 5:1 – 47 Zabolotniy, 6:1 – 51 Kokorin, 7:1 – 53 Novoselsev, 8:1 – 74 Poloz, 9:1 – 86 Poloz, 10:1 – 87 Koldunov.
Sochi – Janayev, Margasov (Imbula, 60), Nabiullin, Novoselsev (Milyutin, 56), Zaika, Mostovoy, Burmistrov (Koldunov, 69), Mevlya, Miladinovich, Kokorin (Bokovoy, 69), Zabolotniy (Poloz, 60).
Rostov – Popov, Girnik, Abramov, Kalistratov, Kupriyanov (Kashtan, 73), Romanov (Kochkanyan, 46), Kolotiyevskiy (Korniyenko, 46), Gorelov, Topuriya (Komarov, 61), Rogava, Xromov.
Amalga oshirilmagan penalti: Zabolotniy, (35, darvozabon).
Mavzuga oid
11:05 / 31.05.2026
Ukraina Rossiyani Qrim bilan bog‘lovchi trassaga hujum qilmoqda
22:23 / 19.04.2026
Rostovda sirk tomoshasi paytida yo‘lbars tomoshabinlar orasiga kirib oldi
14:14 / 05.03.2026
Rostov viloyatida Mi-8 harbiy vertolyoti urib tushirildi
12:41 / 05.03.2026