COVID-19 pandemiyasining ikkinçi tölqini yuz beradigan bölsa, investorlarning zaxira valuta sifatida AQŞ dollariga bölgan talabi sezilarli darajada pasayib ketişi mumkin. Bu haqda Deutsche Bank eksperti Samir Goel CNBC telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Uning sözlariga köra, hozirda valuta bozorlari koronavirusning ikkinçi tölqini yuz berişi ehtimoli  sababli qarama-qarşiliklarga duç kelmoqda. Ekspertning fikriça, ikkinçi tölqin AQŞ dollarining boşqa mamlakatlar valutalariga nisbatan jiddiy pasayişiga olib kelişi mumkin.

Goelning qayd etişiça, mart oyidan beri investorlar dollar örniga «önlik guruhi» (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Belgiya, Niderlandiya, Şvetsiya, Kanada, Şveytsariya) mamlakatlari valutalarini afzal körmoqda. 

«Dollarga bölgan favqulodda talab pasaymoqda», — dedi u.

Ekspert şuningdek, AQŞning karantin çeklovlaridan çiqiş strategiyasi boşqa mamlakatlarnikiga nisbatan yomonroq körinayotganini qayd etdi.

Goel Xitoy valutasi kuçayib borayotganini ham aytdi.

«Yuan nisbatan barqarorligini kördik va bu qisman köplab dividendlar tölovi hamda AQŞ-Xitoy örtasidagi şov-şuvlar bilan boğliq», — deb xulosa qildi ekspert.