Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarafshonda ichki ishlar organi xodimi fuqaroning qo‘lini qayirib mashinaga tiqayotgani videosi tarqaldi
Telegramda Navoiy viloyati Zarafshon shahrida sodir bo‘lgani aytilgan mojaroli video tarqaldi. Unda militsiya xodimi fuqaroning qo‘lini qayirib majburan mashinaga o‘tqizgani tasvirlangan.

Voqea guvohlarining yozishicha, yigit velosiped haydab ko‘chaga chiqqani uchun militsiya xodimlari uni olib ketgan. Voqeaga oydinlik kiritish maqsadida Kun.uz muxbiri Navoiy viloyat IIB bilan bog‘landi.
Boshqarma axborot xizmatining ma'lum qilishicha, bu voqea 11 iyun kuni sodir bo‘lgan. O‘shanda ham hozirgi kabi «qizil» hudud hisoblangan Zarafshonda barcha «qizil» hududlarda mavjud cheklovlar amalda bo‘lgan. Videoda ko‘ringan fuqaroni karantin qoidasini buzgani uchun IIBga olib ketmoqchi bo‘lishganda, u qarshilik qilgan va militsiya xodimi kuch ishlatishga majbur bo‘lgan. IIB axborot xizmati bu holatda militsiya xodimi noqonuniy harakat qilmaganini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, Zarafshon shahrida aholi orasida yangi kasallanish holatlari aniqlanmoqda, shahar hozirgacha «qizil» toifada. Zarafshonda so‘nggi marta 18 iyun kuni virus yuqtirgan fuqaro aniqlangan edi.
Mavzuga oid
13:52 / 24.11.2025
Zarafshonda 3 yoshli qizaloqning qo‘li ishlayotgan go‘sht maydalagichga kirib ketdi - shifokorlar barmoqlarni asrab qoldi
12:32 / 02.10.2025
Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi
21:44 / 20.09.2025
Navoiyda qumga botib qolgan haydovchi qutqarildi
18:37 / 20.06.2025