Namoyişlar iştirokçilariga 570 dollargaça jarima solinmoqda. Huquq himoyaçilarining ma'lumotlariga köra, namoyişçilar butun mamlakat böylab javobgarlikka tortilmoqda. Ular ustidan sudlar paoytaxt Minsk, Vitebsk, Mogilev, Bobruysk va boşqa şaharlarda bölib ötgan.

Umumiy hisobda ma'muriy işlar böyiça 80 kişi ötmoqda. Ular asosan noqonuniy ommaviy tadbirlar ötkazişda hamda militsiya xodimlari körsatmalariga böysunmaslikda ayblanmoqda. 

Namoyişlarning ba'zi iştirokçilariga ma'muriy hibsga oliş qöllanmoqda, biroq ularning aksariyati jarimaga tortilmoqda. Minskda bu jarimalarning qiymati 170-568 dollarni, hududlarda 45-398 dollarni taşkil qilmoqda. 

Ötgan hafta Minsk va Belarusning boşqa şaharlarida prezident saylovlariga muqobil nomzodlar qöllab-quvvatloviga aksiyalar ötgan. Odamlar jonli zanjir hosil qilib, norozilik bildirişgan. 270 ga yaqin namoyişçi hibsga olingan.

Belarusda 9 avgustda prezident saylovlari bölib ötadi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukaşenko ham saylovlarda iştirok etib, 6-muddatga saylanişi mumkin.