Murojaat mualliflariga tegişliligi yuzasidan örganib çiqilib, javob xatlari taqdim qilinişiga qaramasdan, ular tomonidan mavjud qonun hujjatlari talablarini töliq bilmaganliklari uçun, joylarda mahalliy aholi orasida mazkur holat yuzasidan tuşunmovçiliklar kelib çiqişiga sabab bölmoqda. 

DXX Çegara qöşinlari matbuot markazining ma'lum qilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ösimlik dunyosi obektlaridan foydalaniş va ösimlik dunyosi obektlaridan foydalaniş sohasida ruxsat beriş tartib-taomillaridan ötiş tartibi töğrisida”gi Nizomning 11-bandida, ösimlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalaniş tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oşirilişi, ya'ni dorivor va oziq-ovqatbop ösimliklarning yovvoyi turlarini va yovvoyi ösimliklar texnik xom-aşyosini ğamlaşga kvotalar har yili Fanlar akademiyasi bilan kelişilgan holda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan tasdiqlanişi belgilangan. 

Şuningdek, mazkur bandda, kelgusi yil uçun dorivor va oziq-ovqatbop ösimliklarning yovvoyi turlarini va yovvoyi ösimliklar texnik xom-aşyosini ğamlaşga kvotalar tabiatdan foydalanuvçilar tomonidan joriy yilning 
1 dekabridan 30 dekabriga qadar bölgan davrda bergan buyurtmanomalari asosida şakllantirilib, Fanlar akademiyasiga kelişiş uçun yuboriladi. Tabiatdan foydalanuvçilarning buyurtmanomalariga asosan 1 apreldan 30 mayga qadar uşbu ösimlik turlari zaxiralarining mavjudligi töğrisidagi Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasiga asosan, ularni ğamlaş (töplaş) uçun qöşimça kvotalar ajratilişi mumkin. 

Prezidentning 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-son “Yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklarni muhofaza qiliş, madaniy holda yetiştiriş, qayta işlaş va mavjud resurslardan oqilona foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorining 14-bandiga muvofiq, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklar muhofazasini kuçaytiriş, ularni tabiiy plantatsiyalarini barpo etiş yöli bilan tiklaş çoralarini köriş böyiça tegişli taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi belgilangan.

Fanlar akademiyasi tomonidan Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida ösuvçi, mahalliy tilda sassiq kovrak deb yuritiladigan ösimlik – “Ferula tadshikorum” (tojik kovragi) sönggi yillarda yöqolib ketiş xavfi vujudga kelganligi sababli, 2019 yilda “Qizil kitob”ga kiritilgan.

“Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisida”gi qonunning 19-moddasiga köra, çegara oldi zonasi - Davlat çegarasiga tutaş hududning bir qismi bölib, uning doirasida çegara oldi rejimi joriy etiladi.