Murojaatga köra “Qaratau” MÇJ rahbari M.Atajanov elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligi xususida ma'lum qilib, bu holatni qayta körib çiqişini söragan.
“Özenergoinspeksiya” xodimlari tomonidan uşbu murojaat asosida joyida örganilganda, iste'molçi tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilmaganligi uçun quvvat koeffitsiyenti qiymatining elektr ta'minoti şartnomasida körsatilganiga nisbatan pasaytirilgani hisobiga 2020 yil aprel oyida reaktiv energiya kompensatsiya qilinmaganligi uçun 89 657 550 söm hisob-kitob qilinganligi aniqlandi. Iste'molçi tomonidan iste'mol qilingan har oylik aktiv va reaktiv elektr energiyasi miqdorini aniqlaş orqali 18 591 881 sömga qayta hisob-kitob qilinib, ötkazilgan tahlil va ma'lumotlarga tayangan holda murojaatçining uşbu muammosi hal etildi.