O‘zbekiston | 16:40 / 24.06.2020
36104
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga bordi

Bugun Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi yaqinida joylashgan Islom Karimov xiyoboniga ham tashrif buyurdi.

Prezident buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

«Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan ulug‘ shaxs va arbob xotirasiga 2018 yilning 18 oktabr kuni Moskva shahrida haykal o‘rnatilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid