09:56 / 24.06.2020
11244

Uhan yoki Kung-flyu: Tramp koronavirusga yangi nomlar taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus tarqalishi Xitoydan boshlanganiga navbatdagi marta e'tibor qaratib, virusga yangi nomlar taklif qildi. Tramp bu haqda Arizona shtatidagi saylovoldi mitingda aytib o‘tdi.

Foto: EPA

“Bizda epidemiyagacha hammasi yaxshi edi va epidemiyadan keyin yana hammasi yaxshi bo‘ladi. Men virus uchun 19 ta yoki 20 ta nom taklif qilishim mumkin. “Uhan” esda qoladigan bo‘lgandi. Yoki misol uchun, “Kung-flyu” [Xitoy jang san'ati kung-fuga so‘z o‘yini, flyu inglizchada “gripp”ni anglatadi]. COVID-19. Men “19 nima degani?” deb so‘ragandim. Ba'zi odamlar COVID-19 nima ekanligini tushuntirib berisha olmaydi. Bu g‘alati nom. Kimdir virusni “Xitoy grippi” deb atamoqda. Biroq nima bo‘lganda ham, biz pandemiyadan keyin har qachongidan kuchliroq bo‘lamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti namoyishda pandemiya bilan bog‘liq holda Xitoyni bir necha marta tilga olgan. 

Trampning fikricha, Xitoy koronavirus pandemiyasi boshlanishiga javobgar hisoblanadi. Vashington Pekinni koronavirus kelib chiqishi va uning tarqalishi ko‘lamlari haqidagi ma'lumotni yashirishda ayblab kelmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti koronavirus tarqalishi manbasi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriya bo‘lganiga ishonchi komilligini aytgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top