CBS telekanali meteorologi Jyeff Beradelli Sibirdagi uşbu haroratni Mayamidagi ob-havoga qiyoslagan. “Bu Arktikada qayd qilingan eng yuqori havo harorati bölsa kerak. Hattoki Mayamida ham harorat 38 darajagaça bir martagina kötarilgan. Biroq buning sababi, Mayami okean böyida joylaşganidadir. Rosti, unça töğri bölmagan qiyoslaş, çunki yer suvga qaraganda tezroq qiziydi, dengizdan esuvçi şamol esa Mayamini sovutib turadi. Biroq şunga qaramay, bu işoniş qiyin bölgan qiziq faktdir”, deb aytgan Beradelli. 

Verxoyansk dunyoning eng sovuq şahri deb ataladi. Bu yerda eng past harorat –  minus 67,7 daraja sovuq 1892 yil fevralida qayd etilgan. Şuningdek, şahar eng ekstremal harorat diapozoniga egaligi evaziga Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Bu yerda harorat qişda minus 67 darajadan yozda +37,2 darajagaça (avvalgi harorat rekordi) özgaradi.  

Yoqutiston boş meteorologining ta'kidlaşiça, respublikaning şimoliy hududlari uçun yozgi vaqtda 30 daraja issiq normal holat bölsa-da, bunday yuqori haroratlar iyun emas, köproq iyul uçun xos hisoblanadi.

“Tez orada barçasi öz joyiga tuşadi. Issiq qaytib, 26-27 iyunda u yerda sovuq siklon harakatlanadi. Şunda Verxoyanskda harorat plyus 15 darajagaça soviydi, şuningdek, höl qor körinişida yoğingarçilik bölişi ham mumkin”, deb aytgan Yoqutistonning gidrometeorologiya va atrof-muhitni monitoring qiliş boşqarmasi boşliği Tatyana Marşalik.