Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Ravşanbek Alimovning yozişiça, unda mamlakat hukumat idorasi nostrifikatsiya bilan boğliq jarayonni tahlildan ötkazib, qöşni Qirğiziston va Tojikiston davlatlarining qator oliy ta'lim muassasalariga salbiy baho bergan va fuqarolarga tegişli tavsiyalar bergan.
  
“Tavsiya matni bilan yaqindan tanişganimizda, undagi ba'zi fikr va xulosalar örinli e'tiroz va savollarni tuğdirmoqda...

Birinçidan, Inspeksiya aniq va asoslangan mezonlar örniga “Özbekiston mehnat bozori talab darajasiga mos emas” degan umumiy jumla bilan çegaralanib qolmoqda. Savol: bunday xulosa çiqariş uçun, eng avvalo, öşa mehnat bozori parametrlari qani? Ularni kim belgilagan? Qöşni davlatlarning OTMlari qaçon va kim tomonidan tekşirilgan? 

Ikkinçidan, e'lon qilingan tavsiyada “...sifatli ta'lim arzon bölmas”, va “qöşni mamlakatlardagi aksariyat OTM tomonidan taklif etilayotgan tölov-kontrakt narxi sifatli ta'lim beriş imkoniyatini bermaydi” deb ta'kidlangan. Savol: Nimaga? Bu qanday qonuniyat böldi? Balki, biz avval Özbekiston OTMlarining kontrakt narxlariga va şu narxlarga bizda berilayotgan ta'lim sifatiga xolisona boqarmiz?

Menimça, bu yerda köproq raqobat va mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining raqobatbardoşlik darajasi haqida söz yuritsak adolatdan böladi.

Uçinçidan, mamlakatimiz hukumat Inspeksiyasining xorijiy davlatlar OTMlariga bunday baho berişga huquqi bormi? Bu harakatlarning maqsadi, ularning davlatimiz milliy manfaatlari va taşqi siyosatdagi intilişlariga qançalik töğri keladi?

Qömitamizning tegişli sörovnomasi Inspeksiyaga yuborildi va rasmiy javobni kutib qolamiz”, - deb yozadi senator.

Ravşanbek Alimovning işonç bildirişiça, hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan Markaziy Osiyo mintaqasida vujudga kelgan oçiqlik, özaro işonç va yaxşi qöşniçilik tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi siyosiy muhitni qadriga yetib, barça öz faoliyatida qardoş Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari bilan döstlik, özaro manfaatli hamkorlik riştalarini mustahkamlaşga munosib hissa qöşadi.