Bugun Özbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Ravşanbek Alimov Turkmaniston poytaxtiga taşrif buyurdi.

U 2020-2024 yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi vazifasida işlagan.

58 yoşli diplomat N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetini, Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini, Jorjtaun universitetini (AQŞ) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1990 yilda viloyat darajasida Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi) boşlagan. Keyin Özbekiston prezidenti devoni, boş vazir kotibiyatida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida boşqarma boşliği lavozimlarida işlagan. 2002–2008 yillarda esa Özbekistonning Ukrainadagi elçisi va örindoşlik asosida Moldovada elçi, şuningdek, Fransiyadagi va örindoşlik asosida Portugaliyada elçi bölib işlagan.

Ravşanbek Alimov 2008 yildan buyon TIV tizimida. Ötgan yillar davomida Moskvadagi elçixonada maslahatçi, markaziy apparatda bölim boşliği va boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat körsatgan.

2020 yilda u senator etib saylandi. Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Ravşanbek Alimov 2016-2024 yillarda Özbekistonning Aşxoboddagi elçisi bölib işlagan Akmal Qöçqorov örniga tayinlandi.

Yangi tayinlangan elçi ingliz, fransuz, rus va ukrain tillarini mukammal biladi.