Vazirlar Mahkamasining “Yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan sub'yektlar töğrisidagi ma'lumotlarni yiğiş, qayta işlaş va saqlaş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
Yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasini şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;
Yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlarni qayta işlaşda foydalaniladigan tasniflagiç va ma'lumotnomalar röyxati tasdiqlanadi.
Belgilanişiça:
Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasini yuritiş böyiça vakolatli organ hisoblanadi;
yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasi soliq organlarining Yagona integratsiyalaştirilgan axborot-resurs bazasi negizida taşkil etiladi va yuritiladi;
yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasini taşkil etiş, joriy etiş va kelgusida uni yuritişni moliyalaştiriş Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining Ma'lumotlarni qayta işlaş markazini modernizatsiya qiliş va soliq ma'muriyatçiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş loyihasi, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantiriş va közda tutilmagan xarajatlar maxsus jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Belgilab qöyilişiça, yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasi davlat xizmatlarini körsatiş va davlat organlari va boşqa taşkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uçun zarur bölgan yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan sub'yektlar töğrisidagi yagona ma'lumot manbai hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan sub'yektlarni röyxatdan ötkazişda foydalaniladigan tasniflagiç va ma'lumotnomalarni “Elektron hukumat tasniflagiç va ma'lumotnomalari reyestri” axborot tizimiga joylaştiriş va öz vaqtida yangilanişini ta'minlaydi.













