Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvçi Dilşod Saidjonov jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarni tabrikladi.

«Bugun biz kasb bayramimiz — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini nişonlayapmiz. Hammamiz uçun muhim bölgan bu kunda biz uşbu fidoyi, murakkab, mas'uliyatli va olijanob kasb vakillarini şaraflaymiz.

Bir asrdan ziyod vaqt avval, 1906 yilning 27 iyunida özbek tilidagi ilk gazeta bölmiş «Taraqqiy»ning birinçi soni olam yuzini kördi. Aynan şu tarixiy sana mustaqil Özbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nişonlana boşlandi.

Bu kasb bayrami sönggi yillarda yangiça mazmun kasb etdi. Prezident Ş.Mirziyoyevning siyosiy irodasi, uning xalq bilan muloqotni yölga qöyiş, söz va axborot erkinligini ta'minlaş ğoyasi natijasida davlat organlarining oçiqligi va şaffofligi ta'minlanib, bu Özbekistonning rivojlaniş strategiyasining ustuvor yönalişiga aylandi.

Şu munosabat bilan, ötgan davrni tahlil qilar ekanmiz, işonç bilan aytiş mumkinki, jurnalistlar va blogerlar mamlakat hayotining ajralmas qismiga aylandi, aholi orasida ularning nufuzi oşdi, taniqli ismlar va taxalluslar paydo böldi. Bu esa ularning haqiqiy jurnalistika kuçini borgan sari köproq his qilayotgan köp millionli auditoriyaning hurmati va ehtiromiga sazovor bölayotganidan darak beradi. Bu kuç heç kimga xotirjamlikka berilişga yöl qöymayapti, doim voqea-hodisalardan xabardor va davlat organlariga jamiyat oldidagi vazifalarini muntazam eslatib turibdi. Bu, şubhasiz, katta yutuq va şu bilan birga Yangi Özbekiston taraqqiyotining asosidir!

Davlat rahbarining belgilab bergan yönalişi mamlakatda şakllanayotgan fuqarolik jamiyatining muhim qismiga aylangan nodavlat internet-jurnalistika va blogerlikning jadal rivojlanişiga sabab böldi. Bugun uyqudan uyğonişimiz bilan ijtimoiy tarmoq va messenjerlarga kirişga oşiqamiz, hayotimizni real vaqt rejimidagi yangiliklar va postlarsiz, matbuot va elektron naşrlardagi dolzarb maqolalar, ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli, tanqidiy va fikrlaşga undovçi materiallarsiz tasavvur eta olmaymiz.

Alohida ta'kidlaşni istardimki, ommaviy axborot vositalarining asosiy e'tibori inson, uning kundalik hayoti, öy-xayollari, qiziqişlari, orzu va maqsadlariga qaratilgan. Bu mamlakatimizda yetuk, fuqarolik va progressiv fikrlovçi jurnalistikaning şakllanişi nuqtai nazaridan juda muhimdir», - deb yozadi u.