Vazirlar Mahkamasining “Davlat iştirokidagi korxonalar töğrisidagi ma'lumotlarni oşkor etiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni rivojlantiriş vazirligining:
vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida aksiyador (ta'sisçi va iştirokçi) funksiyalari amalga oşirilayotgan davlat iştirokidagi korxonalarning ustav fondi (ustav kapitali), davlat uluşi, yil yakunlari böyiça buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, işlab çiqariş körsatkiçlari, işçi örinlari soni, korxonalar boşqaruv va nazorat organlari tarkibi (çeklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bölgan hujjatlar bundan mustasno) töğrisidagi ma'lumotlarni joylaştiriş;
2020 yil yakunlari böyiça davlat iştirokidagi korxonalar faoliyatining iqtisodiy va moliyaviy natijalari, şuningdek boşqa statistik ma'lumotlar faoliyat natijalari töğrisidagi yiğma hisobotni Davlat aktivlarini boşqariş agentligi rasmiy veb-saytida joylaştiriş;
2021 yil 1 yanvardan boşlab davlat iştirokidagi korxonalarning rasmiy veb-sayti bölişi, unda iqtisodiy, moliyaviy va boşqa statistik ma'lumotlarning joylaştirilişi;
davlat iştirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytlarida ularning uluşi mavjud bölgan korxonalar, böş turgan, foydalanilmayotgan, nosohaviy aktivlari va asosiy ma'lumotlarni joylaştiriş talabini kiritiş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.
Belgilanişiça:
davlat nomidan mulkdor (aksiyador, ta'sisçi) funksiyalarini bajaruvçi vazirlik va idoralar, şuningdek davlat iştirokidagi korxonalarning rahbarlari tegişli rasmiy veb-saytlarda joylaştirilişi belgilangan ma'lumotlarning töliq va töğri joylaştirilişi uçun şaxsan mas'ul hisoblanadi;
Agentlik talabiga köra davlat iştirokidagi korxonalar tomonidan ular faoliyati töğrisidagi ma'lumot va tegişli hujjatlar uç iş kuni içida taqdim etilişi şart. Bunda, uşbu ma'lumotlar va tegişli hujjatlar “Davlat mulki” axborot tizimiga elektron raqamli imzo orqali taqdim etilişi mumkin;
davlat iştirokidagi korxonalar rasmiy veb-saytlarida ma'lumotlarning muntazam ravişda (ikki va undan ortiq marta) öz vaqtida va töliq joylaştirilmaganligi va Agentlikka taqdim etilmasligi ijro etuvçi organ rahbari bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş taşabbusi bilan çiqişga olib keladi.












