Qayd etilişiça, keyingi vaqtda ikki davlat örtasida aloqalar, xususan, talabalar almaşinuvi, turli sohalar böyiça özaro malaka oşiriş rivojlanib borayotgani uçun Toşkent – Minsk yönalişidagi parvozlarga ehtiyoj oşib bormoqda.
«Parvozlar kölamini kengaytiriş, aholining havo qatnoviga bölgan ehtiyojini qondiriş şuningdek Özbekiston-Belarus davlatlari örtasida sayyohlikni yanada rivojlantiriş maqsadida Toşkent xalqaro aeroportining Belorusning Belavia aviakompaniyasi havo kemalariga xizmat körsatişiga oid şartnoma imzolandi.
Belavia Belarus Respublikasining 1996 yilda taşkil topgan eng yirik aviataşuvçisidir. 1997 yildan beri u Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) tölaqonli a’zosi, 2010 yildan esa, Yevropa mintaqaviy aviakompaniyalari uyuşmasi (ERAA)ning a’zosi sanaladi.
Belavia Minsk Milliy aeroportida joylaşgan bölib, Yevropa, MDH va Osiyo davlatlaridagi 50dan ortiq aeroportlarga muntazam reyslarni amalga oşiradi. Hozirda xorijiy hamkor aviakompaniyalari bilan 42ta tijorat şartnomalarini imzolagan.
Belavia havo floti Ğarb kompaniyalarida işlab çiqarilgan zamonaviy 28 «Boeing» va «Embraer» samolyotlariga ega.
Belavia fuqaro aviatsiyasi sohasidagi eng sönggi talablarga javob beradigan, doimiy rivojlaniş va takomillaştirişga, yölovçilar salmoğini oşirişga intiladigan harakatdagi aviakompaniya hisoblanadi», deyiladi «Uzbekistan Airports» AJ axborot xizmatining xabarida.
Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, 1 avgustdan xorijiy davlatlarga aviareyslar qöyilişi kutilmoqda. Xuddi şu sanadan boşlab Belavia aviakompaniyasi ham Toşkentga parvozlarni yölga qöyişi, Belorusda qolib ketgan özbekistonliklar uçun charter reyslarni boşlaşi mumkin.
Belavia aviakompaniyasi epidemiologik vaziyat barqarorlaşişiga qarab, Minsk-Toşkent-Minsk yönalişi böyiça haftasiga 2 marta amalga oşiriş parvoz qilişni rejalaştirgan.

















