Joriy yilning 26 iyun kuni Greenpeace harakati Norvegiya, Finlyandiya va Şvetsiyadagi radiatsion monitoring körsatkiçlari Şimoliy Yevropa uzra radioaktiv moddalar miqdori oşganini körsatayotganini xabar qilgan edi.
Iyun oyining boşlarida Rossiyaning Kola yarim oroli çegarasidan uzoq bölmagan hududda havoda yod-131 topilgani ta'kidlangan. Keyinroq Şvetsiya va Finlyandiya seziy-134, seziy-137, kobalt-60 va ruteniy-103 topilganini qayd etgan.

Rossiyadagi barça atom elektr stansiyalarini boşqaruvçi «Rosenergoatom» Yevropa çegarasiga yaqin ikki AESdan havoga çiqarilayotgan çiqindilar iyun oyida ruxsat etilgan körsatkiçdan oşmaganini ta'kidlagan.
«Kola va Leningrad AESlarida heç qanday hodisa röy bermagan. Har ikki stansiya ştatli rejimda işlamoqda, uskunalarning işiga biror e'tiroz yöq», — degan RIA Novosti’ga konsern vakili.
Ğarblik ekspertlarning fikriça, radionuklidlar Rossiya tomondan kelmoqda. Ularning tarkibi AES reaktorning birinçi konturida yoki yoqilği elementida nuqson borligini körsatadi. Mutaxassislar ölçovlarning çeklangan soni tufayli manbaning aniq joyini körsata olişmagan. Boz ustiga, ekspertlar izotoplar miqdori juda kam ekanligi va u atrof-muhit hamda insonlar salomatligiga tahdid qilmasligini aytişmoqda.
Juma kuni Yadroviy sinovlarni umumqamrovli taqiqi töğrisidagi şartnoma böyiça taşkilot rahbari Lassina Zerbo Twitter’da 22-23 iyun kunlari topilgan izotoplarning taxminiy manbasi mavjud bölgan hudud xaritasini e'lon qilgan. Unga Boltiq dengizi, Şimoliy Yevropa mamlakatlari va Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri kiruvçi hududi kiradi. Özining ikkinçi xabarida Zerbo izotoplar aftidan «fuqarolik manbasi»dan olinganini ta'kidlab ötgan.

















