Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq sanitariya-gigiyena nazoratini takomillaştiriş va kuçaytirişni ta'minlaşga qaratilgan bir qator çora-tadbirlar belgilandi.

Unga köra, quyidagi sanitariya-karantin çeklovlariga rioya etilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi: 

  • jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlaş, uç kişidan ortiq yiğilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqob va qölqopdan hamda antiseptik vositalaridan doimiy ravişda foydalaniş;
  • yönalişlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etiş, şu jumladan, yölovçilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylaştiriş;
  • supermarket va boşqa yirik dökonlarga kirişda fuqarolarni bepul tibbiy qölqop bilan ta'minlaş;
  • «sariq» hududlarda (soat 06:00dan – 22:00ga qadar) va «qizil» hududlarda (07:00dan – 10:00gaça, 17:00dan – 20:00gaça) avtotransport vositalarida harakatlanişga ruxsat berilgan vaqtdan boşqa vaqtlarda harakatlanmaslik; 
  • töy, ma'raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan köp bölmagan (faqat yaqin qarindoşlar va uşbu tuman hududida istiqomat qiluvçi boşqa qarindoşlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda ötkaziş.

«Bunda, uşbu sanitariya va karantin çeklovlariga rioya etmaslik, şu jumladan, avtobus salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablarini buziş, avtotransport vositalaridan ruxsat berilgan vaqtdan taşqarida foydalaniş, jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlamaslik, uç kişidan ortiq yiğiliş, tibbiy niqobdan foydalanmaslik, oilaviy tantana, töy, ma'raka va marosimlarni ötkaziş tartibini buziş – tegişli mas'ullar hamda fuqarolarga nisbatan epidemiyalarga qarşi kuraş talablarini buzganlik uçun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortiladi», deyiladi maxsus komissiya qarorida.

Karantin çeklovlari şaroitida ruxsat berilmagan tadbirkorlik faoliyati (hostellar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, çilim (kalyan) va kompyuter öyinlari markazlari) bilan şuğullanmaslik Milliy gvardiya, Içki işlar, soliq organlari va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan muntazam ravişda profilaktika tadbirlarini ötkazgan holda nazoratga oliş va mazkur talablarni buzgan şaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortiş belgilandi.