Yiğilişda xususiy mulk qonun va sudning kafolatli himoyasida bölişi zarurligi ta'kidlangan.
Ma'lum qilinişiça, sönggi bir yarim yil içida sudlar tomonidan hokimlarning yer ajratiş, bino-inşootlarni buziş va xususiylaştirişga oid 1 ming 730ta qarori bekor qilingan.
Sud orqali yer munosabatlari bilan boğliq mingta, uy-joy buzilişiga doir 51ta, xususiylaştirişga oid 62ta holatda fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari tiklangan.
Xususiylaştiriş natijalarini qayta körib çiqişni bekor qiliş, umuman, davlat idoralarining bunday taşabbus bilan çiqişiga yöl qöymaslik va bu qonunda mustahkamlanişi kerakligi körsatib ötildi.
«Yerga bölgan huquqlar kafolati kuçaytirilib, mulkiy huquqlarni bekor qiliş faqat sud tartibida hal etilişini qat'iy belgilaş zarur», dedi prezident.
Viloyat, tuman (şahar) hokimlari, barça sektor rahbarlari öz hududlarida uşbu talablarga qat'iy amal qilinişini ta'minlaşi şartligi qayd etildi.
«Bir narsani bilinglar – sarmoya kiritayotgan investor birinçi navbatda öz huquqlari sud orqali kafolatli himoya qilinişiga e'tibor beradi. Hamma rahbarlar quloğiga quyib olsin: sud faoliyatiga aralaşişga heç kimning haqqi yöq», – deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.

Sudyaning faoliyatiga tösqinlik qilgani va adolatsiz qaror çiqarişga majburlagani uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça qonun loyihasi işlab çiqiladi.
«Sud faoliyatida raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş bugungi davr talabidir. Joriy yil yakuniga qadar Oliy sudda yagona «Adolat» axborot tizimlari kompleksini işga tuşiriş vazifasi yuklatildi.
Bunda barça uçun sudlarga elektron murojaat qiliş, murojaatlar holatini onlayn tarzda kuzatiş, taraflarga ma'lumotlarni elektron şaklda yuboriş imkoniyati yaratiladi.
Sudlar joriy yilda videokonferensiya aloqa tizimi bilan 100 foiz qamrab olinişi lozimligi ta'kidlandi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.












