Davlat rahbari aholidan kelib tuşgan murojaatlarning 8 mingdan ortiği yoki 44 foizida sudlarda iş töliq va xolis körilmayotgani, uzoq muddat çözilayotganini aytib ötdi. Xususan, Toşkent, Farğona, Samarqand, Qaşqadaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlarida aholining aksariyat qismi sudlar faoliyatidan norozi. Qorovulbozor va Xovos tumanlarida oylab sud işlari körilmagan. Bundan taşqari, tuman va viloyat iqtisodiy sudi çiqargan qarorlar yuqori sudda özgarayotgani, tadbirkor va investorlar sarson bölayotganidan dalolat beradi.

«Bunaqada bizga kim ham işonardi? Heç kim!», degan prezident.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, yiğilişda 20 million AQŞ dollardan ortiq mablağ kiritgan investorlar faoliyatida sud jarayoni bilan boğliq muammo kuzatilgan taqdirda, işni töğridan töğri Oliy sudda köriş, noçor oilalarni sud bojidan ozod qiliş taklif qilindi. Şuningdek, har bir viloyat sudida axorot xizmati faoliyatini taşkil qilişga ehtiyoj sezilayotgani ma'lum qilindi.

Prezident sud tizimini isloh qiliş haqida gapirarkan, kelgusida biror bir sudyani hududlarda vakolati doirasidan taşqarida bölgan işlarga jalb qilmaslik talabini qöydi. Ta'bir joiz bölsa, şu vaqtga qadar sudyalar qişloq xöjalik işlariga ham jalb qilingani haqida gapirdi.

Ayni vaqtda mamlakatda sudyalarning 14 foizi xotin-qizlar hisoblanadi. Prezident uşbu sohada ham gender tengligiga e'tibor qiliş taklifini bildirgan.