Tergov departamenti Sariosiyoda fuqarolar o‘rtasida kelib chiqqan janjal bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
Holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Tergov departamenti
2020 yilning 21 iyun kuni soat 17:30da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Lutfikor” mahallasidan o‘tuvchi Sariosiyo-Uzun yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida 31 yoshli M.Ya. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib kelayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda o‘zi bilan bir yo‘nalishda 21 yoshli R.M.ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina bilan o‘zaro bir-biriga yo‘l bermasligi oqibatida o‘zaro tortishib qolib, ushbu hududga yaqin bo‘lgan M.Ya.ning amakisi 55 yoshli O.Ya.ning yashash uyi yoniga to‘xtab, avtomashinadan R.M. va uning ukasi 18 yoshli U.M. tushib, fuqaro M.Ya. va uning amakisi O.Ya. bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlariga qasddan tan jarohati yetkazishgan.
Shu kunning o‘zida soat 18:30da fuqaro R.M. ukasi U.M., otasi, 41 yoshli O.X. va amakisi, 32 yoshli X.O. fuqaro O.Ya.ning yashash uyiga borib, O.Ya.ning qarindoshi bo‘lgan 31 yoshli O.N.ning tanasining duch kelgan joylariga qasddan urib tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, soat 20:20 da M.Ya. va uning janjaldan xabar topgan 5 nafar qarindoshlari birgalikda O.X.ga tegishli bo‘lgan kichik korxonasi binosi oldiga borib, O.X. va uning o‘g‘illari R.M., U.M.ga qo‘l va oyoqlari bilan badanlarining turli sohalariga qasddan urib tan jarohatlari yetkazganlar.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

09:16 / 20.03.2025
O‘zbekiston Malayziya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy hamkorlik qiladi

10:10 / 05.03.2025