«Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli qaroriga asosan Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari lavozimiga Azizov Abdulla Abdisalamoviç tayinlandi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Abdulla Azizov 1981 yilda tuğilgan. 2003 yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini moliya va xalqaro biznes yönalişi böyiça magistr darajasini olgan.

Şuningdek, Daniyaning Orxus universiteti magistraturasini, Orxus texnika kollejini IT-dasturçi mutaxassisligi böyiça tamomlab, uşbu yönalişda mehnat faoliyatini boşlagan. 

2006–2019 yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas'ul lavozimlarda işlagan.

U 2019 yil sentabr oyida Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimida iş boşlagandi.

Şu tariqa, bugunning özida Soğliqni saqlaş vaziriga tört nafar yangi örinbosar tayinlandi.

Bungaça Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Bahodir Nizomov lavozimini tark etgani, prezident 3 iyuldagi tegişli qarorlariga asosan Uluğbek Sobirov, Elmira Bositxonova va Şohrux Şorahmetov Soğliqni saqlaş vazirining örinbosarlariga aylangani xabar qilingandi.

Endilikda Soğliqni saqlaş vazirining jami 7 nafar örinbosari bor:

  • Bahodir Yusupaliyev - Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari – vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori;
  • Abduhakim Hojiboyev - Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari – Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori;
  • Elmira Bositxonova - Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari; 
  • Uluğbek Sobirov - Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari;