Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yuk tashishning elektron kitobchasini joriy etadi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston tranzitga ko‘maklashishda, mintaqada va uning tashqarisida savdo-sotiqni rag‘batlantirishda eng muhim harakatlantiruvchi kuchga aylandi.
Bu haqida Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (XATI) bosh kotibi Umberto de Pretto O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiya chog‘ida aytib o‘tdi.
Uchrashuvda ta'kidlanganidek, COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq muammolarga qaramay, joriy yilning 6 oyi mobaynida O‘zbekistonda yuk tashish kitobchalaridan foydalanish miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga ko‘paydi. Ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi 2019 yil yakuni bo‘yicha undan oldingi yilga nisbatan 46 foizni tashkil etgan edi.
U.Pretto BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi doirasida yuklarni avtomobilda xalqaro tashish tizimini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlagani, shu jumladan, 1975 yildagi Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llash bo‘yicha Bojxona konvensiyasiga 11-ilovani joriy yilning boshida qabul qilinishida faol ishtirok etgani uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston tomoni XATI bilan yaqin hamkorlikni chuqurlashtirishdan hamda respublikaning xalqaro transport koridorlarida ishtirok etish geografiyasini kengaytirishdan manfaatdorligini yana bir bor tasdiqladi. Ta'kidlanishicha, real vaqt rejimida ishlaydigan ishonchli xalqaro elektron ma'lumotlar bazasining mavjudligi hisobiga hujjatlarni qog‘ozda rasmiylashtirmasdan yuk tashishni joriy etish bojxona organlari va tashuvchilarning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi, uning xavfsizligini oshiradi va ushbu jarayonni tezlashtiradi.
Videokonferensiya yakunida ishtirokchilar yuklarni yetkazib berish bosqichlarida va tajriba tariqasidagi «eTIR» tashishlarni amalga oshirishda koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab oldilar, deyiladi TIV xabarida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
Mavzuga oid

11:14 / 21.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

16:03 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?

17:43 / 25.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib qoldi

19:04 / 20.08.2024