TeAM qanday paydo bo‘lganligi xususida

Ko‘pincha tadbirkorlar faqat nazariy va bozor talablariga javob bermaydigan eskirgan bilimga ega universitet bitiruvchilariga duch kelishadi. Bunday talabalarning malakasini oshirish uchun ba’zan bir oy, ba’zan esa hatto bir necha yil vaqt sarflash kerak. Korzinka.uz va TEAM University'ning muassislaridan biri Zafar Hoshimov shunday deydi:

– Bugungi kunda moliya va menejment fakulteti talabalari (biz haqiqatan ularga muhtojmiz) zamonaviy talablarga javob bermaydigan darsliklardan bilim olishadi. Bunday mutaxassislarni qaytadan o‘qitishga to‘g‘ri keladi. Yaxshi hamki ular qaysidir asosiy bilimlarga ega, biroq ko‘pincha talabalar egallagan bilim ketgan to‘rt yil vaqt hamda sarflangan mablag‘larga arzimaydi.

Zafar Hoshimov

 

Aksariyat bitiruvchilar shartnomaga ko‘p pul sarflab, ozgina maoshga amaliyotchi bo‘lib ishlashni xohlamaydi. Shu bilan birga biror bir tadbirkor yuqori mavqedagi katta lavozimga “xom, pishmagan” mutaxassisni ishga olmaydi. Ammo har doim tadbirkorlar ushbu lavozim uchun mutaxassislarga muhtoj bo‘ladi. Ushbu holatni Office Market, Dekos, Mfaktor kompaniya guruhlarining hammuassisi Hasan Masaidov shunday ta’kidlaydi:

– Xususiy sektor sub’yektlari nufuzli universitet bitiruvchilari ortidan yugurishlari kerak, ammo bu holat aksincha bo‘lmasligi shart. Ishga qabul qilish natijasiga ko‘ra, yangi xodim qandaydir yangilik olib kirishi hamda ishonchimni oqlashi, men unga loyiha va guruhimni xotirjam ishonib topshira olishim zarur.

Xorijdagi OTMda talabalar amaliyot olib borishi uchun tadbirkorlik korxonalari bilan doim hamkorlik olib boriladi, moslashuvchan o‘quv dasturlari tatbiq etiladi, ta’lim oluvchilarning bor imkoniyatlari hamda qobiliyatlarni to‘liq namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratiladi. Afsuski, shakllangan mahalliy dasturimizda bu imkoniyatlar keskin cheklangan.

Alan Frans

Alan Frans TEAM University Vasiylik kengashi raisi, 18 yil Yevropadagi biznes maktablarni boshqargan, 2002 yildan 2019 yilgacha Toshkentdagi Vestministr universitetida faoliyat olib borgan. Uning aytishicha, mamlakatdagi aksariyat universitetlar boshqaruv uslubini o‘zgartirish shart: