Hujjat topşiriş tartibi

Magistratura uçun hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgaça (30 iyul kuni ham) topşirilişi mumkin.

Hujjatlar magistr.edu.uz sayti orqali onlayn tarzda topşiriladi. OTMlarda hujjatlar qabul qilinmaydi.

Qabulni rasmiylaştiriş uçun kerak böladigan hujjatlar:

– pasport (bunda pasportning skaner yoki rasm varianti talab etilmaydi, kerakli örinlarga JŞŞIR raqami, pasport seriyasi va raqamini kiritiş kerak xolos);

– bakalavr darajasini beruvçi diplom va baholar qayd etilgan ilovaning skaner varianti;

– çet tilini biliş sertifikati, olimpiadalar ğolibligi, prezident yoki nomli stipendiya sohibi ekanligi va h.k.larni tasdiqlovçi hujjatlar (agar mavjud bölsa).

Abituriyentdan şundan boşqa qöşimça hujjatlar (fotosurat, maqolalar nusxasi, tibbiy ma'lumotnoma kabi) talab etilmaydi.

Saytga hujjatlarni yuklaş tartibi böyiça quyidagi videoyöriqnomada batafsil tanişiş mumkin:

https://ok.ru/videoembed/1564881455807

Qabul kvotalari

Joriy öquv yilida ta'limning magistratura bosqiçiga respublika böyiça jami 10 425 nafar talaba qabul qilinişi belgilangan.

Şundan 5475 nafari grant, 4950 nafari tölov-kontrakt asosida tahsil oladi.

Kvotalarning yönalişlar böyiça taqsimoti bilan quyidagi faylda tanişiş mumkin:

Magistratura kvotalari: mutaxassisliklar va tillar kesimidagi taqsimot (.pdf)

Yönalişlar tanlovi

2019 yil 17 iyundagi prezident qarori bilan bakalavrlarning magistratura yönalişlarini tanlaşlari uçun çeklovlar bekor qilingan. Ya'ni talaba bakalavrni qaysi yönalişda öqiganidan qat'i nazar özi istagan magistratura yönalişini tanlay oladi. Faqatgina bir neça istisnolar mavjud.