AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ mustaqilligining 244 yilligi munosabati bilan 4 iyulda millatga murojaat qilib, AQŞ erkinliklarga va barça odamlar uçun teng imkoniyatlarga amal qilişda butun dunyoga örnak bölib qolayotganini aytdi.
“Bizning asosçi otalar zulmkorlik va monarxiyaga qarşi kuraşda ozodlik va demokratiyani qöllab-quvvatlagan tajribani boşlaşgan. 244 yildan keyin Mustaqillik deklaratsiyasida bayon qilingan tamoyillar hamon millatimizni olğa yönaltirmoqda va uning ozodlik, farovonlik va barça uçun imkoniyatlar mayoği sifatidagi nufuzini saqlab kelmoqda”, deb ta'kidlab ötgan Tramp.
AQŞ prezidenti oxirgi oylarda “Amerika köplab sinovlar va çaqiriqlarni boşdan keçirişiga töğri kelganini”, biroq şunga qaramay, AQŞ bir neçta tantanavor onlarni boşdan keçirganini aytgan.
U ötmişda “amerikalik qahramonlar” kommunistlar va faşistlar ustidan ğalaba qozonganini, “terrorçilarni yerning çekkasigaça ta'qib qilganini”, hozirda esa mamlakat tartibsizliklar uyuştirayotgan va “nima qilayotganini özi anglamayotgan” söl radikallar, anarxiyaçilar, marksçilar, marodyorlarni yöq qiliş jarayonini bosib ötayotganini va ular ustidan ğalaba qilişini aytgan.
“Biz darğazab olomonga haykallarimizni ağdarişga, tariximizni öçirişga, farzandlarimiz ongini zaharlaşga va erkinliklarimizni poymol qilişga yöl bermaymiz”, deb aytgan Tramp. Uning ta'kidlaşiça, namoyişçilarning asl maqsadi “adolat qaror topişi” emas.
Bir kun avval Tramp Raşmor toğidagi yodgorlikdagi nutqida AQŞ “tarixni yöq qiliş, qadriyatlarni yoddan öçiriş va milliy qahramonlarni yomonotliq qiliş böyiça şafqatsiz kampaniya” guvohi bölganini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, “söl faşizm” tarafdorlari şu tariqa “Amerikani yöq qilmoqçi”.
Tramp öz murojaatining oxirida har bir amerikalikka mustaqillik kunini yaxşi ötkazişni tilab qolgan.
“Birinçi xonim va men har bir amerikalikka baxtli va xayrli 4 iyulni tilab qolamiz va buyuk davlatimiz tuğilgan kunini nişonlaşda faxr ila sizga qöşilamiz. Tangri AQŞni yarlaqasin”, deb öz nutqini nihoyalagan Tramp.

















