Bu Uestning prezidentlik haqida birinchi marta gapirishi emas: oktabr oyida, o‘zining yangi albomi chiqqanidan so‘ng bergan intervyusida u 2024 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lishga va'da bergan, ammo u prezidentlik ambitsiyalari haqida ilk marta 2015 yilda e'lon qilgandi. O‘sha vaqtlarda Kane o‘zini AQSh Demokratik partiyasi bilan bog‘lardi. O‘shandan beri uning siyosiy xayrixohligi o‘zgarib ketdi – u respublikachi prezident Donald Tramp bilan bir necha marta uchrashdi, uni qo‘llab-quvvatladi va Trampni o‘z akasi deb atadi.
«Endi biz, Xudoga ishongan holda, o‘z qarashlarimizni birlashtirgan va kelajagimizni qurgan holda, Amerikaning qudratini namoyon qilishimiz kerak. Men AQSh prezidentligiga nomzodimni qo‘ymoqchiman» – #2020VISION heshtegi qo‘yilgan bu tvit Uest tomonidan 4 iyul kuni Mustaqillik bayramida e'lon qilindi.
We must now realize the promise of America by trusting God, unifying our vision and building our future. I am running for president of the United States 🇺🇸! #2020VISION
— ye (@kanewest) July 5, 2020
Hozircha siyosatchilardan birortasi Uestning ushbu bayonotiga munosabat bildirmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda 30 million folloverga ega bo‘lgan Uestga turlicha munosabatlar bildirilgan, izohlar orasida «juda kech ro‘yxatdan o‘tish» va «Teylor Svift sizdan ham yaxshiroq» kabi hazillardan tortib «bu odamga yordam bering» degan chaqiriqlar va «Men Bayden bilanman» gaplarni uchratish mumkin.
Ushbu g‘oyaning eng taniqli tarafdorlari orasida yaqinda HKSga o‘zining «Dragon» kosmik kemasini uchirgan Ilon Mask ham bor; xuddi Uest kabi shov-shuvga moyil bo‘lgan biznesmen Kanening posti ostiga shunday deb yozgan: «Men sizni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman».
Reperning taniqli rafiqasi Kim Kardashyan Uest erining tviti ortidan tarmoqqa Amerika bayrog‘i tushirilgan suratni joylashtirdi.
U ulgura oladimi?
AQShda saylovlar 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak, shunday qilib agar 43 yoshli musiqachi ikki asosiy nomzod – respublikachilardan Donald Tramp va demokratlardan nomzodi ko‘rsatilgan Jo Bayden bilan jiddiy raqobatlashmoqchi bo‘lsa – demak, uning barcha rasmiy doiralarda yurishga ko‘p vaqti qolmadi.
Bloomberg agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Kane o‘zining ismi shtat (aniqrog‘i, uning holatida bu Kaliforniya bo‘lardi) saylov varaqasida ko‘rsatilishi uchun Federal saylov komissiyasiga hech qanday hujjat topshirmagan, ammo ko‘p shtatlarda bu muddat hali tugamagan va Uest mustaqil nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin.

















