Denov tumani hokimligi axborot xizmati 7 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan navbatdagi videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

«Denov tumani markazida joylaşgan dehqon bozori atrofi butunlay izdan çiqqanligi va aholiga juda katta noqulayliklar keltirib çiqarayotganligi inobatga olinib, markaziy dehqon bozori va uning atrofidagi xizmat körsatiş obektlarini «Namozgoh» mahallasida yangi qurilgan zamonaviy bozorga köçiriş belgilangan.

Şunga muvofiq, hozirda eski dehqon bozori yangisiga köçirildi. Bu yerda sotuvçi va xaridorlar uçun zarur barça qulayliklar yaratilgan. Bozorda 1300 örinli savdo rastalari mavjud, dehqonlarga öz ulgurji mahsulotlarini sotişlari uçun ham şaroitlar qilingan. Bundan taşqari, 43ta dökon ham oziq-ovqat mahsulotlari sotişga moslaştirilgan. Bir qator umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, avtomobillar uçun turargoh aholi xizmatiga şay.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilingan videolavhada tuman hokimligi vakillarining markaziy dehqon bozori atrofidagi xizmat körsatiş obektlari egalari bilan uçraşuvi aks etgan bölib, unda mulk egalari eski dehqon bozori atrofidagi xizmat körsatiş obektlari binosi uçun kompensatsiya beriş, yangi dehqon bozori hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari sotişga moslaştirilgan dökonlardan joy ajratişni söraşgan.

Uçraşuvda mulk egalarining uşbu talablari inobatga olinişi, ularga tegişli obektlar qiymati baholovçi taşkilotlar tomonidan töliq baholab bölingaç, örnatilgan tartibda kompensatsiya tölovlari tölab berilişi, şungaça yangi dehqon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari sotişga moslaştirilgan dökonlarda ijara şartnomasi asosida faoliyat yuritişlari mumkinligi tuşuntirildi», deyiladi tuman hokimligining rasmiy munosabatida.

Kun.uz Denovdagi markaziy dehqon bozori oldidagi köçalarda tartibsizlik kelib çiqayotgani borasida reportaj tayyorlagan edi.