Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taqiqqa qaramay, ko‘plab tashkilot va hokimliklarda yig‘ilishlar davom etmoqda - Shohrux G‘iyosov
Maxsus komissiya qarori bilan, davlat organlari va tashkilotlarida majlislar o‘tkazilishi yana bir marta taqiqlandi. Alohida zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferens aloqa rejimida o‘tkazish talab etilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov yig‘ilishlar o‘tkazish bundan avval ham taqiqlanganini ta'kidlab, shunga qaramay ko‘plab korxona va tashkilotlarda majlislar davom etayotganini qayd etdi.
«Bu ham zaruriy chora. Chunki yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanganiga qaramay, juda ko‘p korxonalar, tashkilotlar, hokimiyatlarda yig‘ilishlar o‘tkazish davom etmoqda va bu umumiy vaziyatga jiddiy ta'sir qilmoqda», – deya G‘iyosovning AOKAda o‘tgan matbuot anjumanidagi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda jamoat joylarida 3 kishidan ortiq to‘planish taqiqlangan.
Mavzuga oid
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
21:33 / 13.02.2026