AQŞ Kongressi quyi palatasining Nazorat va davlat islohoti böyiça kiçik qömitasi raisi Stiven Linç (Massaçusets ştatidan, demokrat) va kongressmen Mark Grin (Tennessi ştatidan, respublikaçi) Pentagonning oşkor qilingan hujjatlarini e'lon qildi. Unda qayd etilişiça, Amerika harbiylari 2001-2005 yillarda Özbekistonning Qarşi şahridagi Xonobod harbiy aviabazasida xizmat qilgan vaqtlarida zaharli moddalar ta'siriga tuşirilgan bölişi mumkin. Bu haqda qömitaning rasmiy saytiga joylaştirilgan axborotnomada söz boradi, deb yozmoqda TASS.

Hujjatga muvofiq, AQŞ mudofaa vazirligi 2001, 2002 va 2004 yillarda Özbekistonda harbiy xizmatni ötaganlarning salomatligi uçun xatarli bölgan ekologik xavf örganilgan tadqiqot natijasini taqdim etgan. Natijada Linç va Grin Qarşi yaqinidagi harbiy aviabazada xizmat qilgan harbiylarni zaruriy davolaniş bilan ta'minlaş uçun barça hujjatlarni oçiqlaşni talab qilişdi.
Unda ta'kidlanişiça, 2001 yilda aeroport tuproği tarkibida aviatsiya yonilğisi köp miqdorda bölgan, uning buğlanişi esa, “inson nafas olganida uning salomatligi uçun yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin” bölgan. Bundan taşqari, amerikalik harbiylar, Özbekistondagi bazada bölişlari davomida radiatsiya ta'siriga uçragan bölişlari mumkin.
AQŞ Harbiy havo kuçlari vakili, ayni qömita savollariga şu yilning fevral oyida javob berar ekan, harbiy xizmatçilar bunday xatardan ogohlantirilmaganini bildirgandi. “Zaharli moddalarning ta'siri xususida brifing ötkazilmagan, himoya vositalarini qöllaş böyiça tavsiyalar berilmagandi”, - deya qayd etilgan axborotda.
Eslatib ötamiz, Özbekistonning janubidagi Xonobod harbiy aviabazasi 2001-2005 yillarda AQŞ kuçlarining moddiy-texnik ta'minoti bazasini ötagan.

















