U Kun.uz muxbirining savoliga javob berar ekan, “dezinfeksion vositalarning samaradorligini muhokama qilişga heç kimning haqi yöq”ligini ta'kidlagan. 

“Dezinfeksiya qiliş çoralari foyda beradimi? Çunki, qator xorijiy ekspertlar bunday çoralar samarasiz ekanini ta'kidlaşmoqda”, - deya savol bilan murojaat qilgan jurnalist. 

“Dezinfeksion vositalarning samaradorligini muhokama qilişga heç kimning haqi yöq. Albatta, Özbekiston ob-havosi va iqlimini biz dezinfeksiya qila olmaymiz. 

Lekin oçiq joylar, bozorlar, yölaklar dezinfeksiya qilinişidan maqsad, odamlar u yerga tuflagani, kasallik qözğatuvçilarning tuşgani yoki odamlarning qöli bilan uşlagani yoki yurgani e'tiboridan dezinfeksiya qilinmoqda. 

Umuman, dezinfeksion vositalarni işlatişdan asosiy maqsad kasallik qözğatuvçi mikroorganizmlarni yöq qiliş. Amaliyotda uçta usul bor: dezinfeksiya – kasallik qözğatuvçi viruslar, bakteriyalar va zamburuğlarga qarşi işlov beriş. Dezinseksiya – böğimoyoqlilarga qarşi işlov beriş. Derotizatsiya – kemiruvçilarga qarşi işlov beriş. Bu amaliyot, albatta, qöllanilişi kerak. 

Hozirgi kunda Özbekistonda köplab kasalliklar böyiça keskin kamayiş holatlarini körayapmiz. Qator respirator kasalliklar, virusli gepatit-A turi, oşqozon-içak kasalliklari keskin kamayib ketdi. Bularning barçasining tag zamirida öşa dezinfeksion işlar samarasi yotibdi. Bularsiz hozirgidek barqaror muhitga aylana olmasdik.

Şu nuqtainazardan, öylaymanki, dezinfeksion tadbirlar bundan keyin ham davom ettiriladi”,- deya javob bergan Nurmat Otabekov.