2019 yilda 1 mln dollar va undan köproq mablağga ega dunyodagi barça odamlarning (High Net Worth Individuals, HNWI) umumiy kapitali 8,6 foizga köpayib, 74 trln dollarga yetgan. 

Bunday ma'lumotlar Capgemini kompaniyasi tomonidan tayyorlangan World Wealth Report 2020 hisobotida keltirilgan.

Millionerlar soni ösişi ötgan yil 8,8 foizni taşkil qilgan. Şimoliy Amerika bu borada yetakçi bölgan. Bu mintaqada millionerlar soni 10,9 foizga köpayib, 6,3 mln kişini taşkil qilgan. Şimoliy Amerika 2012 yildan beri ilk bor bu borada yetakçiga aylangan. 

Reytingda 2-örinni Yaqin Şarq egallagan. Bu mintaqada millionerlar köpayişi sur'atlari 9,3 foizni taşkil qilgan va umumiy hisobda 800 ming kişiga yetgan. 3-örinni Yevropa 8,7 foizlik ösiş va umumiy hisobda 5,2 mln millioner bilan egallagan.  

2019 yilda Şimoliy Amerikada dollardagi millionerlar umumiy kapitali 11 foizga oşib, 21,7 trln dollarga yetgan. Yaqin Şarq uçun bu körsatkiç mos ravişda 10,2 foiz va 2,9 trln dollarni taşkil qilgan. Millionerlar kapitali ösişi böyiça 3-örinni Osiyo-Tinç okeani mintaqasi egallagan – 7,9 foiz. Bu mintaqa millionerlarning umumiy kapitali böyiça 22,2 trln dollar bilan hamon yetakçi bölib qolmoqda. Mintaqa bu körsatkiç böyiça 1-öringa 2016 yilda çiqqan.