«Koronavirus sabab respublikamizning barça viloyatlarida karantin çeklovlari örnatildi. Buning asosiy sabab COVID-19 bilan kasallanganlarning soni keskin oşib ketişi bilan boğliq. Bugun heç kim virus bizning şahrimizga, tumanimizga, mahallamizga kelmagan deb kafolat bera olmaydi.
Jumladan, Davergeodezkadastr qömitasi tizimida 10 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib borsa, bugungaça 6 ta (Toşkent viloyatida 3 ta, Xorazm viloyatida 2 ta, Qaşqadaryo viloyatida 1 ta) xodimda uşbu virus aniqlangan va karantinga olingan. Hozir mazkur xodimlarimizning 2 tasi töliq soğaygan, 4 tasi şifoxonada statsionar holatda davolaniş jarayonida», deyiladi rasmiy xabarda.
Koronavirus infeksiyasi yanada keng tarqalişining oldini oliş maqsadida «Davergeodezkadastr» qömitasi bir qator xizmatlardan davlat idorasiga kelmasdan masofadan turib foydalanişni taklif etmoqda. Buning uçun internet bölsa kifoya. Taklif etilayotgan xizmatlardan qömitaning rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanişingiz mumkin.
Masofadan turib foydalaniş mumkin bölgan kadastr xizmatlari röyxati:
1. Köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişga ariza yuboriş;
2. Kadastr pasportini şakllantiriş;
3. Fuqarolarning nomida şaxsiy uy-joyi borligi yoki yöqligi töğrisidagi ma'lumotnoma oliş;
4. Turar joyni noturar joy toifasiga ötkazişga qarorni oliş;
5. Bino va inşootning taşqi körinişini özgartirişni kelişiş;

















