10 iyuldan karantin çoralari yana kuçaytirildi. Ammo köpçilikning fikriça, jin közadan çiqib ketib böldi, vaziyat nazorat qilib bölmaydigan darajaga yetdi.

Samarqandlik beş kişilik oila hikoyasi bu taxminlarni qisman bölsa-da isbotlaydi. Ularning iltimosiga köra, ism-şariflarini sir saqladik.

— Özim, xöjayinim va uç nafar farzandim birgalikda yaşaymiz. Kasallikka özim va 12 yaşar öğlim çalindik, lekin bu tasdiqlangan ma'lumot xolos. Oila jamuljam bölib, xuddi oldingidek bir tom ostida yaşayapmiz.

Tanişlarim bilan bir kafeda yiğilgandik. Öşanda kasallikni birinçi men yuqtirgan bölsam kerak. Lekin bu ham taxmin xolos. Dastlabki belgilar paydo bölişi bilan özim borib test topşirdim. Javobi musbat çiqdi – men Covid-19 kasalligiga çalinibman... Keyinçalik bu virus öğlimda ham rasman aniqlandi.

Televizorda körsatişgani, har bir kasalga alohida e'tibor, dori-darmonlar bilan ta'minlaş, gullar bilan kuzatiş – hamma-hammasi bekor gap ekan! Gulni-ku qöying, hatto kasalligim aniqlanganidan keyin ham biror kişi kelib xabar olgani yöq. Özimizça davolanyapmiz.

Test natijasi çiqqanidan keyin poliklinikaga qönğiroq qildim. Ular bizga SESdan signal kelişi kerak, deyişdi. Qölimda test javobi turibdi-ku, degan e'tirozimga faqat SES körsatmasi asosida işga kirişişlarini aytişdi.

Mantiqni qarang, kasallik aniqlanişi bilan şartta izolyatsiya qilinadi va darhol davolaşga kirişiladi, degan gaplar xomxayol ekan. Menga öşa SESning özi tasdiqlab bergan ma'lumotnoma ötmas ekan, alohida körsatma ham bölişi kerak ekan. Faqat ana şu «signal» kelsagina meni tekşirişar va dorilar berişarkan.

«Mayli, mendagi testni yöq deb hisoblang va isitmam, şikoyatlarim asosida özingiz test oling», – deya e'tiroz bildirganimdan keyin kelib test olib ketişdi.

Ammo ikki kun ötdi hamki javobi çiqmadi, men uyda qolaverdim. Axir uyda davolaniş mumkinligi aytildi-ku, dersiz. Men bu qaror çiqmasidan oldin kasallikka çalingan va bu haqda bildirib uyda davolanişni boşlagandim.

Xullas, oilamiz bilan uyimizda qoldik, men hamda öğlimda aniqlangan, xöjayinim va ikki farzandimda bor-yöqligi ma'lum emas. Lekin hamişa birga bölganmiz va kasallik aniqlanganidan keyin ajralişdan umuman mantiq yöq edi. Xuddi oldingidek yaşayverdik, faqat köçaga çiqmay turdik.

Taniş şifokorlarimdan, internetdan olgan tavsiyalarimga köra olgan dorilarim ança qimmat ekan. Xudoga şukr, oilamiz imkoniyatlari yetarli, hammasini oldik. Lekin beş kişi uçun uç kun içida taxminan 3 mln sömlik dori-darmon işlatildi. Endi özingiz öylab köring, noçorroq oila bunday vaziyatda nima qiladi?!