«Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan Jarqörğon tumanida sudyalarning omma oldida obrösizlantirilganligi, sud xodimining esa döpposlanganligi holati Senatning Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan senatori tomonidan mutasaddilar iştirokida örganildi.
Ma'lumki, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 9 iyuldagi qarorida harakatlaniş uçun maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan xizmat avtotransport vositalari röyxati bayon etilgan edi. Uşbu röyxatga sud tizimi ham kiritilgan.
Jarqörğonda sudyalar omma oldida obrösizlantirildi. Boş prokuratura vaziyatni nazoratiga oldi
Biroq jinoyat işlari böyiça Jarqörğon tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovçi R.Rahimnazarov şu sudga biriktirilgan xizmat avtotransport vositasida, Jarqörğon tumani ma'muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovçisi şu sudga biriktirilgan xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida, tuman markaziga kiraverişda blok postda töxtatilgan va postdan ötkazilmagan.
Şu vaqtda postda bölgan tuman hokimi Z.Davlatov boşçiligidagi işçi guruh postdan ötiş uçun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obrösizlantirişga uringan. Ularga qöpollik qilib, avtomaşina kalitini olib qöyib, sud xodimini vaqtinça uşlab turiş hibsxonasiga qamab qöygan.
Yuqoridagi holatlar böyiça sud xodimlariga qasddan yengil tan jarohati yetkaziş, sudya va sud xodimlarini obrösizlantiriş, sudyaning xizmat avtomaşinasi daxlsizligini buziş va boşqa holatlarga qonuniy baho beriş uçun töplangan hujjatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan. Mazkur holatga qonuniy baho berilişi senatorlik nazoratiga olindi», deyiladi Senatning rasmiy bayonotida.

















