Eng boy hind Bloomberg’ning milliarderlar reytingida Mask va Baffettni ortda qoldirdi
Hindiston va Osiyoning eng boy odami Mukesh Ambani o‘zining boyligi qiymatini 2 mlrd dollardan ko‘proqqa oshirib, Bloomberg axborot agentligining milliarderlar ro‘yxatida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Reyting tuzuvchilari Ambanining boyligini 72,4 mlrd dollarga baholashmoqda.

Foto: Amit Dave / Reuters
Ushbu qiymat Ambanining yil boshidagi boyligidan 13,8 mlrd dollar ko‘proqni tashkil qiladi. Biznesmenning kapitali ko‘payishiga unga tegishli Reliance Industries xoldingi aksiyalari narxi oshishi olib kelgan. Xolding energetika, neft-kimyo, chakana savdo, telekommunatsiya biznesi kabi ko‘plab sohalarda aktivlarga ega. Oxirgi 3 kunning o‘zida xolding aksiyalari London fond birjasida 9 foizga, 23 martdan beri esa deyarli 2 karra qimmatlashgan.
Ushbu ko‘rsatkich evaziga Ambani Bloomberg Billionaires Index reytingida Google asoschilari Sergey Brin va Larri Peyjni, sarmoyachi Uorren Baffettni hamda Tesla asoschisi Ilon Maskni ortda qoldirmoqda va Jyeff Bezos, Bill Geyts, Bernar Arno, Mark Tsukerberg va Stiv Balmerdan ortda qolmoqda.
Shu bilan birga, Ambani Forbes’ning milliarder reytingida 71,4 mlrd dollar bilan 7-o‘rinni egallamoqda va yuqorida tilga olingan yetakchi beshlikdagi milliarderlardan tashqari, Oracle asoschisi Larri Ellisondan (73,3 mlrd dollar) ortda qolmoqda. Kapitalni hisoblashda Forbes’dan farqli metodikani qo‘llovchi Bloomberg reytingida Ellison 65,8 mlrd dollar bilan 11-o‘rinni egallamoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

19:37 / 18.04.2025
Bloomberg O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

20:26 / 10.04.2025
Dunyo milliarderlarining boyligi bir kunda rekord darajada - 304 mlrd dollarga ko‘paydi

20:54 / 13.02.2025