2019 yil 13 dekabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlaş, bu borada jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ–4551-sonli qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qarorda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentlik zimmasiga «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi Qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritgan holda yangi tahrirdagi loyihani işlab çiqiş vazifasi topşirilgan edi.
AOKA mazkur vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida xorijiy tajribani tahlil qilib, axborot sohasidagi özgarişlarni hisobga olgan holda «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini tayyorladi. Loyiha Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirildi.
«Barça tahririyatlar, jurnalistlar, muassislar, mutaxassislar hamda axborot sohasiga befarq bölmagan yurtdoşlarimizni uşbu havola orqali loyiha yuzasidan öz taklif va mulohazalarini bildirişga çorlab qolamiz. Bildirilgan barça taklif va tavsiyalar Agentlik mutaxassislari tomonidan sinçiklab örganib çiqiladi hamda inobatga olinadi», deyiladi agentlik boş direktori v.b. Dilşod Saidjonovning murojaatida.
Loyihada ommaviy axborot vositalari foto- va videomateriallarni tayyorlaş maqsadida qonunçilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma oliş orqali tegişli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgaça bölgan balandlikda, vazni uç kilogrammdan ziyod bölmagan uçuvçisiz uçadigan apparatlardan foydalanişi mumkinligi közda tutilgan.















