«[8 iyuldagi videoselektordan keyin] Qozog‘iston, Rossiya chegarasida turgan juda ko‘p fuqarolarimizni olib keldik. Kelganlarni hamma karantin normalariga e'tibor qilib joylashtiryapmiz.
Rossiyadagi fuqarolarimiz bilan ham muloqotda bo‘lib, birinchi marta temir yo‘l bilan iloji boricha tezroq vatanimizga olib kelish choralarini ko‘ryapmiz», – dedi davlat rahbari.
https://ok.ru/videoembed/1582567590591
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston bilan chegara ma'lum vaqt qisman yopilgani uchun, chegaradagi «Jibek joli» – «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik vatanga qaytish uchun to‘planib qolgan edi. 8 iyuldagi selektorda berilgan topshiriqqa muvofiq, ushbu fuqarolar tez orada vatanga qaytarildi.
Shavkat Mirziyoyev: «Chet elda qolgan hamma fuqarolarimizni albatta olib kelamiz»
















